Iroq, Livan va Yamanning shiya musulmon jamoalari Nimr an-Nimrning qatl qilinishidan norozilik bildirishdi

© Sputnik / Aleksandr Yuryev / Mediabankka o‘tishSaudiya Araabistoni Er-Riyod shahri
Saudiya Araabistoni Er-Riyod shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shanba kuni Saudiya Arabistoni IIV o‘limga mahkum qilingan 47 kishinin qatl qilinganligini xabar bergan edi. Qatl qilinganlar orsida ko‘pchilikka tanish bo‘lgan, shiya targ‘ibotchisi Nimr an-Nimr ham bor edi.

TOShKENT, 2 yanv – Sputnik.  Iroq, Livan va Yamanning shiya musulmon jamoalari Saudiya Arabistonida Nimr an-Nimrning qatl qilinishidan norozilik bildirishdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Shanba kuni Saudiya Arabistoni IIV o‘limga mahkum qilingan 47 kishinin qatl qilinganligini xabar bergan edi. Qatl qilinganlar orsida ko‘pchilikka tanish bo‘lgan, shiya targ‘ibotchisi Nimr an-Nimr ham bor edi.

Iroq parlamentidagi eng ko‘p deputatlarga ega bo‘lgan “Huquqiy davlat” bloki vakili Muhammad as-Sayhud Alsumaria telekanaliga xabar berishicha, qatl haqidagi ushbu qaror shiya va sunniy musulmonlar orasida ziddiyat chiqarish maqsadida qilingan.

“Saudiya Arabistonidagi boshqaruvchi oila (qirol oilasi) tomonidan amalga oshirilgan ushbu chora, hududda Sunni va Shiya musulmonlari orasida yangi to‘qnashuvlar kelib chiqishiga qaratilgan va regiondagi hozirgi mojarolarga yangisini qo‘shish uchun qilingan”, — dedi u telekanalga.

Livan shiya musulmonlari kengashi vitse-prezidenti muftiy Ahmad Kabalan sodir bo‘lgan voqeani, yomon oqibatlarga olib keluvchi diniy falokat va katta xato deb atadi.

“Uni o‘ldirish din va millat uchun katta fojea, odamzod va ma’naviyaga qarshi sodir etilgan jinoyat. Bu katta xato javobsiz qolmaydi. Biz bu haqda ko‘p marta ogohlantirgan edik”, deb muftiyning so‘zlarini keltirdi Livanning NNAnashri.

Yamanning “Ansar Alla” nomli Xusiylari harakati vakillari an-Nimraga qarshi olib borilgan jinoiy ishni qalbaki deyishdi.

"Al Saud shanba kuni, ayblanuvchi tomonidan birorta ham himoyachi qatnashmagan, qalbaki suddan keyin buyuk jangchi Nimra an-Nimrani qatl qildi”, — deyilgan Xusiylar harakatning rasmiy OAV bo‘lgan “Al-Masira” telekanalida.

Shu bilan bir vaqtda xabar tarqatuvchilar Saudiya Arabistoning sharqida yashovchiya shiya musulmonlarining ushbu nohaqlikka o‘z munosobatlarini bildirishga chaqirmoqda.

Islom targ‘ibotchisi shayx Nimr an-Nimr Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan 2012-yilda mamlakat sharqida o‘tkazilgan norozilik namoyishida qo‘lga olingan edi. 2014-yilda u mamlakatda tarqoqlik, qirolga bo‘ysunmaslik va terrorchilik tashkiloti tuzganlikda ayblanib o‘lim jazosiga mahkum qilingan edi.

2014 yilning fevral oyida Saudiya Arabistoni terrorchi va ekstremizmga qarshi jinoiy javobgarlik uchun jazo choralarini sezilardi darajada kuchaytirgan edi. Qirollikda terrorchi deb tan olingan tashkilotlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Yangiliklar lentasi
0