TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Amerikaning Enertrade kompaniyasi “Norinteks” to‘qimachilik majmuasining 25% aksiyasini sotib olishga ulgurdi, ishlab-chiqarishning to‘liq sotilishi haqida shartnoma 2016-yilning birinchi choragi yakuniga qadar imzolanishi kutilmoqda.
“Hozir “O‘zbekengilsanoat”, Davlat raqobat qo‘mitasi va AQSh tomoni bilan shartnomani tayyorlash jarayoni ketmoqda. Biz barcha texnik jarayonlarni yakunlab, shartnomani 2016-yilning 1-choragi yakunigacha imzolashni rejalashtirmoqdamiz”, deb aytdi manba.
Dastlabki kelishuvlarga ko‘ra, AQSh kompaniyasiga to‘lovni amalga oshirishning bir necha varianti taklif qilindi. Misol uchun, kompaniya zarur mablag‘ni birdaniga yoki uni 4 bo‘lakka bo‘lib, 2016-yil davomida to‘lashi mumkin.
Manbaning ma’lum qilishicha, amerikaliklar korxonani taqdim etiladigan zamonaviy texnologik yechimlar va texnologiyalar hisobiga kengaytirish majburiyatini o‘z zimmalariga oldilar.
Korxona 1984-yilda bunyod etilgan, 1995-yilda xususiylashtirilgan. Korxonaning ustav jamg‘armasi 640 mln so‘m(229 ming dollar)ni tashkil qiladi. 2014-yil yakunlariga ko‘ra, korxonaning sof tushumi 3,7 mlrd so‘m(1,3 million dollar)dan ko‘proqni tashkil qilgan.