TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Polshaning Econova kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanadi. Kompaniya hozirda O‘zbekistonda yangi qo‘shma korxonani tashkil qilish ishlarini nihoyasiga yetkazmoqda, xabar qiladi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Polsha elchixonasi vakili.
Polsha elchixonasi vakilining so‘zlariga qaraganda, polshaliklar ancha vaqtdan beri O‘zbekiston bozoriga chiqishni rejalashtirishayotgan edi. Buning uchun hatto maxsus kampaniya ishlab chiqilgan. Kampaniya ilk bosqichida Toshkentda rasmiy vakolatxona ochilgan. U qo‘shma korxona tuzilishi uchun o‘zbek hamkorlarni izlash bilan shug‘ullangan.
Yangi korxona avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash ishlariga ixtisoslashadi. Suhbatdoshning fikriga ko‘ra, Polsha kompaniyasi ushbu yo‘nalishda katta tajribaga, va eng muhimi, xususiy ishlab chiqarish bazasiga ega.
"Qo‘shma korxona qayd etildi. 2016-yilning birinchi kvartali yakuniga qadar O‘zbekistonga barcha kerakli jihozlar olib kelinadi. Shundan so‘ng kompaniya faol ish boshlaydi. O‘zbekistondagi davlat organlari bilan ushbu yo‘nalishda ma’lum kelishuvlar bor", ta’kidlaydi elchixona vakili.
O‘zbekistonda 2016-yilda yo‘llarni ta’mirlash ishlariga 2,8 trillion so‘m ajratiladi.
O‘zbekistonda 2018-yilning oxiriga qadar umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari qurilishi, rekonstruksiyasi va ta’mirlanishi ishlariga 2 milliard dollardan ziyod chet el krediti va zayomlari jalb qilinishi belgilangan. Jahon bankining 200 million dollar miqdoridagi mablag‘i hisobidan mamlakatning to‘rt viloyatida avtomobil yo‘llari to‘liq ta’mirlanishi rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda avtomobil yo‘llari qurilishi va ta’mirlash ishlari Janubiy Koreyaning POSCO, Ozarbayjonning Akkord Industry, Ispaniyaning Corsan-Corviam, yemislarning GP Papenburg Baugesellschaft va boshqa ko‘plab chet el kompaniyalari tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilib kelinmoqda.