BMT Bosh kotibi Saudiya Arabistonida 47 kishining qatl etilishidan havotirda

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishBMT Bosh kotibi Pan Gi Mun.
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Saudiya Arabistonida terrorchilikda ayblangan 47 kishi, jumladan, shia imomi Nimr an-Nimrning qatl etilishiga qarshi bosiqlik bilan javob qaytarishga da’vat qilmoqda.

TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Saudiya Arabistonida 47 kishining, jumladan, shia imomi Nimr an-Nimrning qatl etilishidan qattiq havotirda, deyiladi tashkilot matbuot-xizmati bayonotida, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

"Shayx an-Nimr va bir qator qatl etilgan mahbuslar olib borilgan bir qator sud jarayonlari yakunlariga ko‘ra o‘lim jazosiga mahkum qilingan”, deyilmoqda bayonotda.

BMT bosh kotibi shia imomi Nimr an-Nimrning qatl etilishiga qarshi bosiqlik bilan javob qaytarishga da’vat qilmoqda hamda dinlararo nizo kelib chiqishining oldini olish uchun ushbu hudud yetakchilarini kerakli chora tadbirlarni ko‘rishga chaqirmoqda.

Pan Gi Mun shuningdek, Tehrondagi Saudiya Arabistoni elchixonasida namoyishchilar tomonidan sodir etgan harakatlardan qattiq afsusda ekanligini bildirdi.

Saudiya Araabistoni Er-Riyod shahri - Sputnik O‘zbekiston
Iroq, Livan va Yamanning shiya musulmon jamoalari Nimr an-Nimrning qatl qilinishidan norozilik bildirishdi

Qatl etilgan imom tenghuquqlilik va qirollikning sharqida yashovchi shialarning tahqirlanishiga qarshi konstutitsion islohotlar uchun harakatning bosh ilhomlantiruvchi shaxslaridan bo‘lgan. Imom 2012-yil 8-iyulda ommaviy norozilik namoyishlari va betartibliklarga undash ayblovi bilan hisbga olingan va 2014-yil oktabrida o‘lim jazosiga mahkum qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0