TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Turkiya xakerlari Rossiya Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Nikolay Nikiforovning Instagram ijtimoiy tarmog‘ini buzishga muvaffaq bo‘ldilar. Xakerlar vazirning bosh sahifadagi surati o‘rniga Turkiya bayrog‘i va samolyoti fotosuratlarini joylashtirdilar.
30 Dekabr 2015, 10:34
Ijtimoiy tarmoqlarda yozilishicha, Rossiya Aloqa vaziri akkaunti Börteçine Siber Tim deb nomlanuvchi xakerlar guruhi tomonidan buzilgan.
Xakerlar Rossiya Aloqa vaziri Instagramiga Turkiya ramzini ifodalovchi 13 ta fotosuratni joylashtirib, o‘zlarining vaqtincha ishlamayotgan blogiga link ham qo‘yishgan.