Turk xakerlari Rossiya saytlariga hujum qilmoqchi

Obuna bo‘lish
Turkiyaning Ayyıldız guruhi xakerlari Anonymous xakerlari saytini buzganligi haqida xabar qildi. Endi ular Rossiya saytlariga kiberhujum uyushtirishni rejalashtirmoqda.

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Ayyıldız deb nomlanuvchi turk xakerlari guruhi Anonymous xakerlari saytini buzganligi haqida e’lon qildi. Endi ular Rossiya saytlariga kiberhujum uyushtirishni rejalashtirgan, RIA Novosti, Aksam nashri asosida.

Anonymous guruhi xakerlari o‘tgan haftada “Islom Davlati”ni qo‘llab-quvvatlayotganlikda ayblab, Turkiyaga qarshi kiberurush e’lon qilgan edi. "Agar Turkiya “ID”ni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatmasa, internet, serverlar, banklar, hukumat saytlari, aeroport va harbiy obyektlarga kiberhujum uyushtirishda davom etaveramiz” ogohlantirdi Anonymous vakili.

Nashrda yozilishicha, kuni kecha Anonymous saytida go‘yoki “Sizga Ayyıldız kiberarmiyasi hujum qildi” degan yozuv, Turkiya bayrog‘i va respublika asoschisi Mustafo Kamol Otaturk surati paydo bo‘lgan.

"Biz Turkiya hukumatini kamsitmoqchi bo‘lganlarga saboq berib qo‘ydik. Navbat — Rossiyaga", — dedi o‘zini Jetkan Bir Yafes deb tanishtirgan Ayyıldız guruhi rahbari.

Ayyıldız guruhi 2002-yil tashkil topgan. Guruh milliy dunyoqarashga ega xakerlarni birlashtiradi.

Yafes shuningdek, turk saytlariga uyushtirilgan kiberhujumlarda Rossiyaning qo‘li borligi yaqqol sezilayotganini aytdi. Va bunga javoban turk xakerlari Rossiya mahkamalari saytlariga hujumga tayyorgarlik ko‘rishganini, va eng avvalo, Mudofaa vazirligi sayti buzilishini ma’lum qildi.

Bundan sal oldin Turkiya mamlakatida 40 mingga yaqin veb-saytlar kiberhujumlarga duchor bo‘lgan edi. Va bu mamlakat veb-saytlariga uyushtirilgan eng kengko‘lamli hujum bo‘lganligi ta’kidlandi.

 

Yangiliklar lentasi
0