20dan ziyod ayol “Al-Qoida” va “Islom Davlati”ga aloqadorlikda ayblanmoqda

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishQamoqxona.
Qamoqxona. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, bir nechta ayollarning aybi isbotlangan va ularga qamoq jazosi berilgan.

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Saudia Arabistoni hukumati 23 nafar ayolni “Al-Qoida” va “Islom Davlati” terrorchilik guruhlariga aloqadorligi ustidan tekshiruv ishlarini o‘tkazmoqda, xabar qiladi «Al-Arabiya» telekanali holatga aloqador manbaga tayangan holda.

Telekanal bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bir nechta ayolning aybi isbotlangan va ularga qamoq jazosi berilgan.

Rasmiy manbalarga muvofiq, gumondorlar ustidan sud ikki yil oldin boshlangan.

Oktabr oyida 27 yashar Um Oveys ishi ko‘rilgan. Ayol “ID” safiga qo‘shilib, Twitter orqali “ID” hamda “An-Nusra” yetakchilari bilan bog‘lanib turgan.

Masjid gumbazi - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistonida musulmon davlatlar harbiy koalitsiyasi tuzildi

Dekabr oyida yana bir 25 yashar ayol ustidan qo‘zg‘atilgan ish ko‘rib chiqildi. “Al-Qoida” va “ID” a’zosi bo‘lgan bu ayol islomchilar rahbarlaridan biri — Abu Bakr al-Bag‘dodiyga sadoqatini baralla e’lon qilib, Qirollikda zo‘ravonlik targ‘iboti bilan shug‘ullanganlikda ayblangan.

Saudiya Arabistoni bundan oldin 34 davlat ishtirokida islom harbiy koalitsiyasini tuzganligi haqida e’lon qilgan edi. Uyushgan operativ markaz Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda joylashtirilishi ko‘zda tutilmoqda. Koalitsiya, bayonot matniga muvofiq, “musulmon xalqlari uchun xavf tug‘dirayotgan terrorchilikka qarshi kurash” va “millatlarning o‘z-o‘zini himoya qilish huquqiga asosan”, tashkil qilingan.

Yangiliklar lentasi
0