TOShKENT, 30 dek — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan muddati tugamagan nobiometrik pasportni yil oxirigacha almashtirishga ulgurmagan fuqarolar jarima to‘lamasliklari rasman e’lon qilindi, «Gazeta.uz» xabariga ko‘ra.
«2015 yil 31-dekabrdan keyin nobiometrik pasportni yangi biometrik pasportga almashtiradigan fuqarolar, eski pasportlari muddati tugamagan bo‘lgan taqdirda, jarima to‘lamaydilar” deydi Ichki ishlar vazirligining Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i Badriddin Shorixsiyev «Gazeta.uz» sayti tomonidan berilgan savolga javoban.
2011 yil 1-yanvardan boshlab mamlakatga biometrik ma’lumotga ega bo‘lgan pasportlarga o‘tish boshlangan edi. Avvaliga, 2015-yil so‘nggiga qadar eski pasportlar yangi biometrik pasportga almashtirishni yakunlash rejalashtirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari chet elga faqatgina biometrik pasport bilan chiqishlari mumkin.