TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Oʻzbekiston uyali aloqa operatorlariga Yangi yil oqshomida aholini sifatli aloqa bilan taʼminlash topshirildi, Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirligi xabari asosida.
Uyali aloqa operatorlariga kerakli texnik choralarni oldindan koʻrib qoʻyish tavsiya qilindi. Har yil Yangi yil arafasida uyali aloqa tarmoqlariga boʻladigan bosim kuchayadi. Millionlab abonentlar oʻz yaqinlarini bayram bilan tabriklash niyatida koʻplab qoʻngʻiroqlar qiladilar, SMS xabarlari yuboradilar va shu bilan birga mobil internet xizmatidan faol foydalanadilar.
Yaqinda, Oʻzbekistonda uyali aloqa operatorlari faoliyati bilan bogʻliq bir qator muammolar aniqlangan va Beeline hamda Ucell korxonalariga nisbatan aloqaning past sifati hamda radiochastotalardan noqonuniy ravishda foydalanish ayblari bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilish mumkinligi haqida xabar tarqatilgan edi.
Oxirgi paytda Respublikada uyali aloqa sifatini yaxshilashga hukumat katta eʼtibor qaratmoqda. Xususan eng katta toʻrt uyali aloqa operatorlariga aloqa sifatini yaxshilash haqida tavsiya berilgan edi.
Undan tashqari, Oʻzbekistonda 2016-2020 yillarda uyali aloqa tarmogʻini kengaytirishga 402,8 mln dollar mablagʻ ajratilgan. Besh yil davomida operatorlar 7,9 ming dona aloqa minoralari oʻrnatishi, HSPA+ va 4G LTE aloqa standartlarini tadbiq qilinib, Respublika hududining 98 % ni uyali aloqa bilan qoplash rejalashtirilgan.