Lolaga litsenziyasi qaytarildi

© lolaYo‘ldosheva Lola Ravshanbekovna. Xonanda.
Yo‘ldosheva Lola Ravshanbekovna. Xonanda. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilning iyul oyida "O‘zbeknavo" Lola Yo‘ldoshevani litsenziyadan mahrum qilgan edi. Xonandaning o‘zbek mentalitetiga mos kelmaydigan, yoshlarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xatti-harakatlari bunga sabab qilib ko‘rsatildi.

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Litsenziyani qaytib olgan xonanda endilikda konsert faoliyatini amalga oshirishi mumkin, xabar qildi Sputnik muxbiriga “O‘zbeknavo”dan manba.

Xonandani litsenziyadan mahrum qilish qarori shu yil yozda e’lon qilingan edi. “Biz bir emas, bir necha marotaba ogohlantirishimizga qaramay, xonanda ommani hayratga solishda davom etdi. Shu sabab, uni litsenziyadan mahrum qilish qarorini qabul qildik”, izoh beradi birlashma rahbarlaridan biri.

“O‘zbeknavo” vakillarining so‘zlariga qaraganda, Lolaning o‘sha vaqtdagi sahna obrazi o‘zbek mentalitetiga mutlaqo yot bo‘lgan. Uning ochiq-sochiq liboslari yoshlar ongini zaharlashga xizmat qilgan.  “San’atkor – xalq odami. Shu bois, bu kasbni tanlaydiganlar, ushbu ulug‘ nomga loyiq bo‘lmoqlari shart.  U o‘z zimmasidagi mas’uliyatni anglamog‘i darkor. 

Xonanda Shahzoda. - Sputnik O‘zbekiston
Shahzoda: “Ijodimda tanaffusga vaqt yo‘q”

San’atkor hayoti xalq ko‘z o‘ngida. Xalq ularni hamisha diqqat bilan kuzatadi. Ulardan o‘rnak olishadi. Mabodo, xonanda, sahnada yarim yalang‘och holda namoyon bo‘lib, kamiga, ijtimoiy tarmoqlarda shunday fotosuratlarini qo‘yar ekan, biz farzandlarimizni undan uzoqlashtirishimiz lozim. Bizda bunday hatti-harakatlar hazm qilinmaydi. Bizning mentalitetimiz boshqa”, — deydi suhbatdoshimiz.

"Biz Lola Yo‘ldosheva bilan suhbat o‘tkazdik. U litsenziya shartlarini buzganligini tushuntirdik. Xonandaga yana bir marotaba san’atkorning xalq oldidagi ma’naviy burchi haqida eslatdik. Natijada, u xatosini anglab yetdi, xulqini to‘g‘riladi. Bugungi kunda Lola Yo‘ldoshevaga litsenziyasi qaytarilgan. U konsert faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin”, xulosa qildi birlashma vakili.

Eslatib o‘tamiz, xonanda Lola Rossiyada Maya tahallusi bilan tanilgan. Unga mashhurlik keltirgan tarona “Muhabbatim” deb nomlanadi. Lola rus va o‘zbek tillarida qo‘shiqlar ijro etadi. 

2004 va 2005-yillarda “Eng yaxshi sahna libosi” va “Eng yaxshi xonanda” nominatsiyalarida "Tarona" mukofotini qo‘lga kiritgan. Turmushga chiqqach uzoq muddatga sahnani tark etgan Lola 2011-yilda yana shou-biznes olamiga qaytdi.

 

Yangiliklar lentasi
0