TOShKENT, 23 Dek – Sputnik. Anonymous guruhi xakerlari Turkiya hukumatiga qarshi keng ko‘lamli kiber urush e’lon qildi, Sputnik agentligi xabari asosida.
Youtube da joylashtirilgan videolavhada “Turkiya DAIShdan neft sotib olmoqda va jangarilarni o‘z hududida davolamoqda. Biz Erdo‘g‘onning bundan keyin ham IDga yordam berishiga jim qarab turmaymiz”, — deyilgan.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Rossiya Mudofaa vazirligi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning ID neft biznesiga aloqadorligi haqida video dalillar keltirgan edi. AQSh davlat departamenti bunga javoban, xususan Erdo‘g‘an aloqadorligiga dalillar ko‘rmagan bo‘lsada, lekin IDga tegishli bo‘lgan neft Turkiya chegarasini kesib o‘tayotganini tan oldi.
Sputnik agentligi o‘tgan haftada butun Turkiya bo‘ylab 40 mingga yaqin internet sahifalarga noma’lum guruh tomonidan kiber hujum uyushtirilganini xabar berdi.
Anonymous vakilining so‘zlariga qaraganda, agar Turkiya IDga yordam berishni bas qilmasa, guruh kiber-jangchilari Turkiya banklari va hukumat saytlariga hujum qiladi, undan keyin esa aeroport va harbiy obyektlari saytlari hujumga o‘tadi.
Anonymous xakerlar guruhi 2003-yilda tashkil qilingan. Guruh nomi 2010-yilda, eng yirik PayPal, Visa va MasterSard to‘lov tizimlari serverlariga uyushtirilgan kiber-hujumdan keyin dunyoga mashhur bo‘ldi. Ushbu hujumni ular WikiLeaks sayti faoliyatiga qarshi harakat qilgan tashkilotlarga qarshi uyushtirishdi. Anonymous guruhi, doimiy ravishda, turli xukumat va tashkilotlar saytlariga hujumlar uyushtirib turadi.