TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi aviatsiyasi rahbarlari Tehronga uyushtirgan safari chog‘ida o‘zaro aviaparvozlar sonini ko‘paytirish haqida bayonot imzoladilar, IRNA Eron axborot agentligi xabariga ko‘ra.
Bayonnoma imzolangunga qadar Tehron-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga atigi ikkita reys amalga oshirilgan. Endilikda parvozlar soni haftasiga 16 taga yetishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, hukumat vakillari parvoz geografiyasini ham kengaytirdi. O‘zbek milliy aviakompaniyasi Sheroz, Isfaxon va Mashhadga reyslarni amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Iran Air Eron avialiniyalari Toshkentdan tashqari, Samarqand va Buxoro yo‘nalishlari bo‘ylab parvoz qiladigan bo‘ldilar.