Afg‘on diplomati: “Bizga qurol bering, "Islom Davlati”ni yo‘q qilamiz”

Obuna bo‘lish
Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston hududlariga jangarilar kirib borishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun katta miqdorda qurol-yarog‘ kerak, deydi Afg‘onistonlik diplomat Ahadzoda Abdul G‘ayur.

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Afg‘onistondagi “Islom Davlati” jangarilari soni ikki mingtagacha bo‘lishi mumkin. Ularni yengishga Qobulning hozircha kuchi yetadi”, deydi Afg‘onistonning Rossiyadagi ishonchli vakili Ahadzoda Abdul G‘ayur. Diplomatning so‘zlariga qaraganda, Afg‘oniston shu kunlarda Rossiyadan vertolot va boshqa harbiy texnikalarni xarid qilishga qiziqish bildirmoqda.

"ID” terrorchilariga qarshi qanday kurashish kerakligini bilamiz. Muhimi, bizga hozir qurol kerak. Toki jangarilar bizning hududda payti, ularga qarshi kurashish kerakligini hammaga aytapmiz. Terrorchilar biz orqali Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmanistonga kirib borishni maqsad qilmoqda. Agar biz ularga qarshilik ko‘rsatsak, sizlar ham tinch bo‘lasizlar. Faqat bizga qurol-aslaha bering”, deydi Abdul G‘ayur.

Ashxobodda “Betaraflik siyosati: tinchlik, xavfsizlik va rivojlanish yo‘lida xalqaro hamkorlik” xalqaro anjumani - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov: Yaqin Sharqdan qochib chiqayotgan terrorchilar Afg‘onistonga kelmoqda

Diplomat shuningdek, ikki tomonlama kelishuvga muvofiq, tez kunda Afg‘onistonga Hindistondan Mi-35 vertoletlari yetkazib berilishi haqida ma’lum qildi. Bundan tashqari, 10 mingga yaqin Kalashnikov avtomati Rossiyadan Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligiga yordam tariqasida berilishi kutilmoqda.

Afg‘oniston hududida ID terrorchilari guruhi ta’siri kengayib bormoqda. Mamlakatda faoliyat ko‘rsatuvchi “Tolibon” guruhi va “ID” terror uyushmasi bir-biriga raqib guruhlar darajasigacha yetib bordi. OAVlarda iyun oyida “Tolibon” harakati vakillari Afg‘onistondagi toliblar ishiga aralashmasligini so‘rab, “ID”ga maktub yo‘llashgani xabar qilingan edi. Afg‘oniston hududida guruhlar o‘rtasida bundan oldin ham to‘qnashuvlar yuz bergan.

 

Yangiliklar lentasi
0