TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Turkmaniston betarafligining 20-yilligiga bag‘ishlangan “Betaraflik siyosati: tinchlik, xavfsizlik va rivojlanish yo‘lida xalqaro hamkorlik” anjumanida qatnashish uchun bir necha mamlakatlar prezidentlari va rasmiy delegatsiyalari Ashxobodga keldi.
Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston 1995-yil 12-dekabrda beteraf siyosat olib borishini xalqaro hamjamiyatga e’lon qilgan edi. Bu haqda BMTning maxsus rezolyutsiyasi qabul qilingan. Bunday maqom Turkmanistonga hech qanday harbiy ittifoqlarga qo‘shilmaslik va o‘z hududida chet el harbiy bazalarini joylashtirmaslikka asos bo‘lib kelmoqda. Shu bilan birga Turkmaniston ba’zi bir mamlakatlar bilan ikki taraflama harbiy hamkorlik haqida shartnomalar tuzib ham korlik olib bormoqda. AQSh va Rossiya ular jumlasidan.
Sobiq ittifoq respublikalari endigina mustaqil bo‘lib o‘zining rivojlanish yo‘lini tanlayotgan paytda Turkmaniston betaraflik yo‘lini tanladi. Bugun respublika asosiy kuch qudratini transport infraqurilmasini rivojlantirish va mamlakat iqtisodiy salohiyatini kengaytirishga qaratgan. O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida ham keng miqyosda iqtisodiy va gumanitar hamkorlik olib borilmoqda.
Islom Karimov Gurbanguli Berdimuhamedov va Turkmaniston xalqini ushbu bayram bilan tabrikladi va mamlakatning betaraflik siyosatiga va O‘zbekiston – Turkmaniston hamkoriligiga yuqori baho berdi.
Jumladan, Islom Karimov “Yirik tranzit-transport salohiyatiga ega Turkmaniston ayni paytda qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikda temir yo‘l, avtomobil, dengiz va havo yo‘llari orqali qatnovni o‘z ichiga olgan keng tarmoqli multimodal infratuzilmani shakllantirmoqda”, — dedi.
Eslatib o‘tamiz, Turmaniston o‘z hududi orqali tranzit-transport imkoniyatlarini kengaytirishi O‘zbekiston va O‘rta Osiyo hududidagi barcha mamlakatlarni Qora dengiz va Fors ko‘rfazi mamlakatlari hamda yirik dengiz portlari bilan ulaydi. Bunday yo‘l barcha O‘rta Osiyo respublikalarining iqtisodiy aloqalarini kuchaytirishi uchun qanchalik zarurligi kundek ravshan.
Shu bilan birga, Islom Karimov dunyodagi beqarorlik va qo‘shni Afg‘onistondagi notinchlikdan o‘zining bezovtaligini bidirdi.
O‘zbekiston prezidenti dunyodagi global xavfsizlik holati jadal o‘zgarayotganini va terrorchilarni oziqlantirb turuvchi markazlar jazosiz faoliyat ko‘rsatib kelayotganiga alohida e’tibor qaratdi.
O‘zbekiston prezidenti Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor berish kerakligini va xalqaro koalitsiya qo‘shinlari olib chiqib ketilgani, ushbu mamlakatdagi vaziyatni keskin murakkablashtirgani ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, xalqaro koalitsiya qo‘shinlari, BMT Xavfsizlik Kengashi qarori bilan 2001-yilda, Afg‘onistonga vaqtincha hukumatni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kiritilgan edi. Afg‘onistondagi hayot tinch va farovaonlikdan yiroq bo‘lsada, 2014-yil 31-dekabrda ular Afg‘onistondagi o‘z faoliyati yakunlangani e’lon qildi. 2015-yil yanvaridan boshlab esa NATO Afg‘onistonda “Afg‘oniston huquqni saqlash kuchlarini o‘qitish va maslahat berish” bo‘yicha yangi operatsiya boshladi. Ushbu operatsiya bor yo‘g‘i 12 ming harbiy ishtirokida olib borilib, oldinigidan ko‘ra sezilarli darajada kam moliya va faqatgina o‘zlarini himoya qilish uchun yetarli bo‘lgan harbiy kuch bilan ta’minlangan.
Buning oqibatida, Afg‘onistondagi vaziyat o‘tgan yil davomida sezilarli darajada yomonlashdi. Oldin asosan qishloq hududlarigi egallab turgan “Tolibon” jangarilari bir necha yirik shaharlarga hujum uyushtirdi. Jumladan sentabr oyida Afg‘oniston shimolidagi muhim transport vazifasini o‘tovchi Qunduz shahri ham bir necha kun mobaynida "Tolibon" qo‘lida bo‘ldi. Shu bilan birga Afg‘onistonda DAISh (“Islom davlati”) terrorchilik guruhining ta’siri ham kuchayib bormoqda.
Islom Karimov so‘zini davom ettirar ekan, tabiatda biror joyda bo‘shliq bo‘lsa uni darrov bir narsa egallagani kabi, qo‘shni Afg‘onistondan xalqaro koalitsiya qo‘shinlari chiqib ketishi bilanoq, u yerga Yaqin Sharq mintaqasidan qochib chiqayotgan bosqinchi va terrorchi guruhlar oqib kela boshlaganini ta’kidladi.
“Afg‘onistondagi vaziyat qanday kechishidan qat’i nazar, shuni ishonch bilan aytish mumkinki, Afg‘oniston muammosini faqat bir yo‘l, ya’ni o‘zaro kurashayotgan tomonlar o‘rtasida BMT shafeligida tinch siyosiy muzokaralar o‘tkazish orqali hal etishdan boshqa yo‘l yo‘q”, — dedi Islom Karimov.
Eslatib o‘tamiz, tashqi siyosatda O‘zbekiston o‘zining hech qanday harbiy ittifoqlarga a’zo bo‘lmasligini, va dunyodagi mojarolarni faqat tinchlik yo‘li bilan hal qilish tarafdori ekanligini doimo ta’kidlab kelgan.