O‘zbek migrantlari endi Janubiy Koreya va BAAga yo‘l olishmoqda

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishMigrant hujjatlari.
Migrant hujjatlari. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Migratsiya masalalari bo‘yicha ekspert Sergey Tkachuk ta’kidlashicha, Rossiyadagi migrantlarning 50% mamlakat hududini tark etgan. Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari endi BAA va Janubiy Koreyaga yo‘l olmoqda.

TOShKENT, 16 dek — Sputnik, Mariya Sheludakova. Rossiya hukumati migrantlarga ehtiyoj kamaygani bois, 2016-yilda chet elliklarga ajratiladigan kvota miqdorini kamaytirishga qaror qildi. Sergey Tkachuk Sputnikka bergan intervyusida esa, chet elliklarning murakkab iqtisodiy vaziyat tufayli Rossiya hududini tark etishi kvotalar soni kamayishiga olib kelganini ta’kidladi.

“Bu yerda gap, eng avvalo, Rossiya hududiga viza orqali kirib kelayotgan chet elliklar haqida bormoqda. MDH davlatlari fuqarolari bundan mustasno. Sababi, kvota faqat viza tartibida davlatimizga kirib kelayotgan chet el fuqarolari uchun ajratiladi”, —izohlaydi Tkachuk.

“Yuqori malakali mutaxassislar Rossiyaga ko‘p sabablar tufayli kelmay qo‘ydilar. Asosiy sabablardan biri – murakkab iqtisodiy vaziyat. Bundan tashqari, chet el fuqarosini ishga jalb qilish, qiyin, ko‘p vaqtni talab qiladigan jarayon. Shu bois, ko‘p kompaniyalar chet elliklarni ishga qabul qilmaslikka harakat qiladi. Shu bois, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari endilikda Birlashgan Arab Amirliklari va Janubiy Koreyaga yo‘l olishadi. ”.

Rossiya FMX(FMS) ma’lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda mamlakat hududida 1,8 million o‘zbekistonlik faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yangiliklar lentasi
0