Jeb Bush: dunyo yetakchiligida AQSh ortda qolib, Rossiya birinchi o‘ringa chiqapti

© Pixabay / Angelo_GiordanoNyu-Yorkdagi Birja binosi
Nyu-Yorkdagi Birja binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidentligiga nomzod Jeb Bush o‘z raqibi milliarder Donald Trampni Vladimir Putinga mayl bildirayotganlikda ayblayapti.

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. AQSh prezidentligiga nomzod Jeb Bush o‘z raqibi milliarder Donald Trampni Vladimir Putinga mayl bildirayotganlikda ayblayapti, xabar qiladi RIA Novosti, The Hill nashri asosida.

Amerikalik milliarder va teleboshlovchi Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
Jeb Bush: “Donald Tramp – g‘irt ahmoq”

"Putin dunyo miqyosida AQShga chaqiriq tashlamoqda. Rossiya bizni siquvga olish, dunyodagi mavqeyimizni zaiflashtirish evaziga, muvaffaqiyat qozonmoqchi. Biz dunyo miqyosida o‘z ta’sirimizni yo‘qotayotgan bir paytda, Rossiya, aksincha, kuchayib bormoqda. U bizga ittifoqdosh emas", — dedi Bush.

Bushning ta’kidlashicha, AQShga xoh u Yevropa, xoh Yaqin Sharqda bo‘lsin, Amerika manfaatlari uchun kurashadigan prezident kerak. “Faqat shunday yo‘l orqali Putin bilan munosabatlarni yaxshilash mumkin”, — qo‘shimcha qildi Jeb Bush.

 

Yangiliklar lentasi
0