Rossiya munosabatlarni qayta tiklash uchun Turkiyaga uchta shart qo‘ydi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar qayta tiklanishi uchun Anqara uchta shartni bajarmog‘i lozim...

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar qayta tiklanishi uchun Anqara uchta shartni bajarmog‘i lozim, deydi Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov, RIA Novosti, Hurriyet Daily News ma’lumoti asosida.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, birinchi shart — Turkiya hukumati Rossiyadan ikki rus harbiyi o‘limiga sabab bo‘lgan Su-24 bombardimonchisining urib tushirilishi yuzasidan uzr so‘rashi, ikkinchidan, voqea aybdorini topishi va jazolashi, uchinchidan, yo‘q qilingan samolyotning tovon pulini to‘lashi kerak.

"Agar biz qo‘yayotgan shartlar bajarilmasa, Turkiya ham hech qanday natija ko‘rmaydi", — ta’kidladi elchi, mahalliy gazetalarning biriga bergan intervyusida. “Turkiya munosabatlarni yo‘lga qo‘yish haqida gapiradiyu, ammo o‘zi bu yondashuvga zid bayonotlar qiladi”, — dedi diplomat.

Karlovning ma’lum qilishicha, urib tushirilgan Su-24 kapitani Turkiya fuqarosi Alparslon Chelik tomonidan otib o‘ldirilgan.

“U o‘ldirilgan uchuvchi parashutining bir bo‘lagini ko‘rsatish uchun kamera qarshisiga kelganida, turk tilida erkin gapirgan”, — qo‘shimcha qildi diplomat. 

Turkiya respublikasi prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on: rossiyalik uchuvchilarning xatosi ikki mamlakat munosabatlariga ta’sir qilmasligi lozim

24 noyabr kuni turk qiruvchi raketasi tomonidan Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotini urib tushirilishi, Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarning “sovushiga” olib keldi. Uchuvchilardan biri — Oleg Peshkov, katapulta yordamida parashutdan sakragan vaqtida Suriya turkmanlari nazoratidagi hududda jangarilar tomonidan o‘qqa tutilgan. Tirik qolgan kema shturmani Konstantin Muraxtin esa Su-24 Turkiya havo chegarasini buzmaganligini aytdi. Qolaversa, Turkiya HHK tomonidan ogohlantiruvchi signallar bo‘lganini eshitmaganligini ta’kidladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu mojaroni terrorchilar sheriklari tomonidan “zimdan berilgan zarba” deya baholadi va Turkiyaga qarshi bir qator iqtisodiy choralar qo‘llash haqida farmon e’lon qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0