Stiv Jobs ham Suriyalik migrantning o‘g‘li bo‘lgan

Obuna bo‘lish
Mashhur ko‘cha rassomi Benksining devorda chizilgan yangi tasviri migrantlar lagerida paydo bo‘ldi.

Oldin xabar berganimizdek, Fransiyaning Kale shahrida migrantlar lagerida Benksining yangi tasviri paydo bo‘ldi. U yerda yelkasiga yo‘l xaltasi osgan va qo‘lida Apple kompyuteri tutib turgan Stiv Djobs tasvirlangan. Tasvir nomi “Suriyalik migrant o‘g‘li”.

Benksi zamonaviy strit-art san’atining eng taniqli rassomi. Strit-art, ko‘chadagi bino va devorlarda surat chizish san’ati. Ba’zan, bu ma’nosiz yoki haqoratli tasvirlar bo‘lsada, faqat Benksi ishlari emas. Benksi chizgan tasvirlar aynan joyga mos va zamonning dolzarb muammolarni aks ettirgan haqiqiy san’at asarlari desak adashmaymiz. Dunyoda millionlab odamlar taniqli ko‘cha rassomi ijodini uning internetdagi sahifasi va ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boradi.

Benksi ijodi migrantlarga daromad keltirmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Benksi nega qochqinlar lagerida Stiv Djobs suratini chizdi

Benksi o‘zi kimligi uzoq vaqt davomida noma’lum bo‘lib kelgan edi, negaki uning tasvirlari kutilmagan joylarda, hech kim ko‘rmagan vaqtda paydo bo‘lib qolardi. Aytishlariga qaraganda uning haqiqiy ismi Robert yoki Robin Benks.

Endi maqolamizning eng asosiy savoliga kelsak, nega Benksi aynan migrantlar lagerida, aynan Stiv Djobs suratini chizdi? Benksi ijodi bilan tanish odamlar, u hech qachon sababsiz yoki ma’nosiz suratlar chizmasligini yaxshi bilishadi.

Nega aynan Stiv Djobs?

Chunki, Apple korxonasining asoschisi, millionlab kishilarning hayotini tubdan o‘zgartirib yuborgan, zamonimizning eng yetuk kishilaridan biri bo‘lgan Stiv Djobs — Suriyalik migrant Abdulfattoh Djandalining o‘g‘li.  

Nega aynan migrantlar lagerida?

Chunki, hozir migrantlar Yevropada juda qiyin ahvolda, vaqtinchalik qurilgan palatka va selofan chaylalarda yashamoqda. O‘zining yangi tasvirini migrantlar lageri ichida chizish bilan, rassom dunyo hamjamiyati e’tiborini aynan mana shu muammoga qaratmoqchi bo‘lgan, va buning uddasidan chiqdi ham. Bugun ko‘plab axborot manbaalarida ushbu surat paydo bo‘ldi. 

Parijdagi teraktlardan so‘ng, yevropaliklar migrantlarga yomon ko‘z bilan qaray boshlagan bir paytda, mohir rassom tomonidan nozik va o‘rinli qilingan shama.

Benksi bundan tashqari o‘zining oxirgi ishlarida migrantlar muammosiga jiddiy e’tibor qaratib kelmoqda. Uning yana bir necha ishlaridan tashkil topgan fotolavhamizni tomosha qiling.

© Foto : Banksy.co.uk"Suriyalik migrant o‘g‘li", Benksining yangi tasviri. Fransiyaning Kale shahridagi migrantlar lageri.
Suriyalik migrant o‘g‘li, Benksining yangi tasviri - Sputnik O‘zbekiston
1/4
"Suriyalik migrant o‘g‘li", Benksining yangi tasviri. Fransiyaning Kale shahridagi migrantlar lageri.
© Wikipedia"Suriyalik migrant o‘g‘li", Benksining yangi ishi.
Suriyalik migrant o‘g‘li, Benksining yangi ishi - Sputnik O‘zbekiston
2/4
"Suriyalik migrant o‘g‘li", Benksining yangi ishi.
© WikipediaBenksining Thekla qayig‘iga chizilgan surati , Angliya, Bristol
Benksining Thekla qayig‘iga chizilgan surati , Angliya, Bristol - Sputnik O‘zbekiston
3/4
Benksining Thekla qayig‘iga chizilgan surati , Angliya, Bristol
© Wikipedia"Kelajak yo‘q", ko‘cha rassomi Benksining ishi.
Kelajak yo‘q, ko‘cha rassomi Benksining ishi - Sputnik O‘zbekiston
4/4
"Kelajak yo‘q", ko‘cha rassomi Benksining ishi.
Yangiliklar lentasi
0