Benksi nega qochqinlar lagerida Stiv Djobs suratini chizdi

Obuna bo‘lish
Fransiyaning Kale shahrida yashayotgan migrantlar jurnalistlarga taniqli ko‘cha rassomi Benksi chizgan tasvirni ko‘rsatish uchun 7 Yevro so‘radilar.

Ruptly agentligi xabar berishiga ko‘ra, Kaleda yashayotgan migrantlar lagerida, kutilmaganda Benksining graffiti uslubida chizilgan Stiv Djobs surati paydo bo‘lgan. U yerda Stiv Djobs qochqin obrazida tasvirlangan bo‘lib, yelkasida yo‘l xalta va qo‘lida Apple kompyuteri bilan tasvirlangan.

Tasvir yonida “Hech kim bunday hayotga loyiq emas” deb yozilgan.

Kale shahrida 7 mingdan ziyod migrantlar yashaydi. Ularning ko‘pchilligi Suriya va Afg‘onistondan kelgan. Ularning maqsadi – Buyuk Britaniyaga yetib olib yangi hayot boshlash.

Yangiliklar lentasi
0