Erdo‘g‘on: rossiyalik uchuvchilarning xatosi ikki mamlakat munosabatlariga ta’sir qilmasligi lozim

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishTurkiya respublikasi prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on.
Turkiya respublikasi prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya bilan o‘zaro munosabatlarimiz ziddiyatsiz kechmog‘i kerak, ta’kidlaydi Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on.

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Su-24 samolyoti uchuvchilari xatosi tufayli Rossiya-Turkiya munosabatlari darz ketmasligi kerak, ta’kidladi Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on.

24 noyabr kuni turk qiruvchi samolyoti tomonidan Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyoti urib tushirilishi, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar “sovushiga” sabab bo‘ldi. Katapulta yordamida parashutdan sakragan uchuvchilardan biri — Oleg Peshkov, Suriya turkmanlari nazoratidagi hududda jangarilar tomonidan o‘qqa tutilgan. Tirik qolgan kema shturmani Konstantin Muraxtin  Su-24 Turkiya havo chegarasini buzmaganligini aytdi. Qolaversa, Turkiya HHK tomonidan yuborilgan ogohlantiruvchi signallarni eshitmaganini ta’kidladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu mojaroni terorchilar sheriklari tomonidan “zimdan berilgan zarba” deya baholadi va Turkiyaga qarshi bir qator iqtisodiy choralar qo‘llash haqida farmon e’lon qildi.

"Biz buni xohlamagan edik. Ammo, bizning suveren hududimizda xatoga yo‘l qo‘yildi. Ogohlantiruvchi signallarga e’tiborsiz bo‘lgan, ularni eshitmagan uchuvchilar ushbu xatoga yo‘l qo‘ydilar. Shu bois, uchuvchilar yo‘l qo‘ygan xato ikki davlat munosabatlariga, ayniqsa strategik munosabatlarga ta’sir o‘tkazmasligi kerak. Ushbu mojaroning ta’siri bizni juda ranjitmoqda", — dedi Erdo‘g‘on Turkmanistonga uyushtirgan safaridan qaytar ekan. Turkiya prezidentining samolyot bortida aytgan ushbu so‘zlari Habertürk telekanali orqali ommaga namoyish etildi. 

Bo‘sh plyaj - Sputnik O‘zbekiston
Turkiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar kiritildi

Erdo‘g‘onning so‘zlariga qaraganda, Gruziya prezidenti Georgiy Margelashvilini, Turkmaniston prezidenti Gurbaguli Berdimuxammedovni, Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharifni, Eron Bosh vaziri o‘rinbosari Isxoq Jahongiriyni Moskva va Anqara munosabatlaridagi inqiroz tashvishga solmoqda. Ular bu haqida Turkiya prezidentiga shaxsan aytishgan.

 

Yangiliklar lentasi
0