Germaniya harbiylari Termiz aeroportini tark etmoqda

© Sputnik / Denis Baxtin / Mediabankka o‘tishBundesver parashutchilari
Bundesver parashutchilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
14 yil ijaradan keyin Bundesver askarlari Termiz aeroportidan chiqib ketmoqda.

TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Germaniya harbiy kuchlari Termiz aeroportdan chiqib ketmoqda, RIA Novosti xabariga asosan.

Afg‘oniston chegarasi yaqinida joylashgan, Termiz fuqaro aeroporti 2001 yildan boshlab Germaniya harbiy kuchlariga ijaraga berilgan edi. Germaniya Termiz aeroportidan Afg‘onistondagi aksilterror harbiy operatsiyada qatnashayotgan NATOdagi hamkorlariga harbiy bo‘lmagan yuklarni tashish uchun bog‘lovchi transport uzeli sifatida foydalanayotgan edi.

2010 va 2014-yillarda ijara shartnomasi muddati O‘zbekiston hukumati tomonidan uzaytirilgan edi. 2015-yil boshida Germaniya elchisi Naytxart Xefer-Vissing ishtirokida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda aeroport ijara muddati 2015-yil dekabrigagacha, so‘nggi marta cho‘zdirilgan.

“11 dekabr kuni Termiz aeroporti bog‘lovchi transport uzelining rasmiy yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi”, — dedi ushbu sohaga yaqin bo‘lgan suhbatdosh.

O‘zbekiston Mudofaa vaziri rasmiy vakillari va Germaniya elchixonasi ushbu voqea bo‘yicha Sputnik muxbiriga izoh bera olishmadi.

Prezident Isloma Karimov nutq so‘zlamoqda - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov: Uzbekistonda NATO harbiy bazalari joylashtirilmaydi

Eslatib o‘tamiz, tashqi siyosatda O‘zbekiston o‘zining hech qanday harbiy bloklarga a’zo bo‘lmasligini, va dunyodagi mojarolarni faqat tinchlik yo‘li bilan hal qilish tarafdori ekanligini doimo ta’kidlab kelgan. Bu haqida yaqinda Belgradda bo‘lib o‘tgan YeXHT (OBSE) tashqi ishlar vazirlar kengashida ham O‘zbekiston delegatsiyasi yana bir bor aytib o‘tdi.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov ushbu yilning 1-sentabrida, Respublika mustaqilligining 24-yilligiga bag‘ishlangan nutqida, O‘zbekiston askarlari vatandan tashqarida jang qilmasligini va O‘zbekistonda hech qachon NATO harbiy bazalari joylashtirilmasligini va alohida ta’kidlab o‘tgandi.

Yangiliklar lentasi
0