TOShKENT, 1 sen —Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston hech qachon o‘z hududida chet el harbiy bazalarni joylashtirmasligini va hech qanday siyosiy-harbiy bloklarga qo‘shilmasligi ta’kidlab o‘tdi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Islom Karimov ushbu zarur tamoyilni Alisher Navoiy nomli milliy bog‘da o‘tkazilgan O‘zbekiston mustaqilligining 24-yilligiga bag‘ishlangan tantanada aytib o‘tdi. Shu yilning mart oyida ham prezident O‘zbekiston harbiy bloklarga qo‘shilmasligini ta’kidlab o‘tgan edi.
“Yana va yana bir bor aytib o‘tishni zarur deb bilaman: O‘zbekiston hech qachon hech qanday harbiy-siyosiy blokka qo‘shilmaydi, o‘z hududida chet el harbiy bazalarini joylashtirilishiga, harbiy xizmatchilarimizning mamlakatimiz tashqarisida bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaydi”, — dedi Islom Karimov.
Davlat rahbarining so‘zlariga qaraganda, ushbu tamoyillar davlat qonuni darajasiga ko‘tarilgan. “Ayni shunday, chuqur o‘ylangan yo‘lni, shunday siyosatni biz uchun eng to‘g‘ri, eng ma’qul deb bilamiz va bu yo‘ldan hech qachon qaytmaymiz”, — dedi prezident.
“Hozirgi kunda mamlakatning asosiy vazifasi, bu uzoq va yaqin qo‘shnilar bilan til topishib, o‘zaro do‘stona munosobatlarni, mintaqamizda hamkorlik va hamjihatlikni yanada kuchaytirishdir”, — dedi mamlakat prezidenti.
1 sentabr, seshanba kuni O‘zbekistonda Mustaqillik kuni nishonlanadi. Shu kun barcha shahar va qishloqlarda bayram marosimlari, ommaviy xalq sayllari va konsertlar bo‘lib o‘tadi.