TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Shanba kuni, Turkiya poytaxti Ankarada ikki kuchli portlash yuz berdi, RIA novosti Turkiyaning Dogan va NTV telekanali xabari asosida.
Portlash Ankaraning Temir yo‘l vokzali yaqinida, profsoyuzlar tomonidan uyushtirilgan, miting boshlanishidan oldin, odam juda gavjum joyda yuz berdi.
Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi tarqatgan xabarlarga ko‘ra, portlash oqibatida 86 kishi qurbon bo‘ldi, 120ga yaqin kishi jarohatlandi.
Portlovchi uskunalar “Mehnat, tinchlik, demokratiya” shiorlari ostida o‘tkazilayotgan, Turkiya hukumati va Qurdlar orasidagi harbiy to‘qnashuvlarni bas qilishga qaratilgan miting paytida ishda tushirildi. Portlashlar xudkush terrorchilar tomonidan amalga oshirilganligi gumon qilinmoqda.
Turkiya hukumati tomonidan ushbu portlashlar terrorchilik akti deb baho berib, tekshiruv ishlari olib bormoqda.