Rossiya BMT “Anqaradagi qiziqqonlarni sovutishiga” umid qilmoqda

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishTIV rasmiy vakili Zaxarovaning brifingi
TIV rasmiy vakili Zaxarovaning brifingi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mariya Zaxarovaning so‘zlariga qaraganda, Rossiya, BMT Xavfsizlik Kengashi Turkiyani yangi andishasiz qadamlardan ogoh qiladi degan umidda.

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili  Mariya Zaxarova Rossiya, BMT Xavfsizlik Kengashi «Ankaradagi qiziqqonlarni sovutishi”ga umid qilayotganligini ta’kidladi.

“BMT XK majlisi o‘tkazilishi Anqaradagi qiziqqonlarni sovutishi va ularni yangi andishasiz qadamlardan ogohlantirishi kerak. Turkiya shunday qadamlar qo‘yishi mumkinligiga biz amin bo‘ldik”, — dedi Zaxarova jurnalistlar bilan bo‘lgan brifing chog‘ida.

Shu o‘rinda, rasmiy vakil Turkiyaning Rossiya tomonidan Suriyada qandaydir “etnik tozalashlar”  o‘tkazayotganligi haqidagi ma’lumoti  haqiqatdan uzoq va asossizligini ham aytib o‘tdi. 

Suriyadagi ahvol - Sputnik O‘zbekiston
Curiya Havo Kuchlarining to‘rt nafar askari ittifoqchilar aviazarbasi natijasida halok bo‘ldi

Xususan u, “Ushbu bayonotlar Turkiya rahbariyatining hayotdan uzoqligi va hududda bo‘layotgan voqealardan umuman bexabarligini ma’lum qiladi. <…> Ushbu noloyiq bayonotlar asossiz va o‘zini o‘zi baholamoqda”, — dedi Zaxarova.

Zaxarova qarshi olib borilayotgan kurash haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Jumladan u, AQSh boshchiligidagi koalitsiya IDga qarshi soxta kurash namoyish qilayotganligini va ular ushbu “kurash” yordamida o‘zlarining siyosiy maqsadlariga intilayotganini aytib o‘tdi. Albatta, bunday “kurash” xalqaro hamjamiyatning terrorchilkka qarshi olib borayotgan sa’y-harakatlariga zid ekanligini ta’kidladi. 

“Ushbu mamlakatlar qaysi joyda koalitsiya nomidan, qayerda o‘z qiziqishlariga uchun harakat qilayotganini bilish amrimahol”,- dedi Zaxarova.

Zaxarovaning fikriga ko‘ra AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya, jahon hamjamiyatini, o‘zining Suriyadagi terrorchilikka qarshi olib borayotgan kurashi mohiyati bilan batafsil tanishtirishi kerak.

 

Yangiliklar lentasi
0