Curiya Havo Kuchlarining to‘rt nafar askari ittifoqchilar aviazarbasi natijasida halok bo‘ldi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishSuriyadagi ahvol
Suriyadagi ahvol - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aviazarbalar Dayr-az-Zor qishlog‘ida joylashgan Suriya armiyasi qurol-yarog‘ omborxonasi tomon yo‘naltirilgan.

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. AQSh boshchiligidagi Xalqaro Ittifoqchilar koalitsiyasi, Suriyaning sharqiy qismida joylashgan Dayr-az-Zor qishlog‘idagidagi Suriya armiyasi qurol-yarog‘ omborxonasiga aviazarba uyushtirdi. Oqibatda, Suriya armiyasining to‘rt nafar askari halok bo‘ldi, yana 16 nafari jarohat oldi, 2 tankka jiddiy zarar yetkazildi.

AQSh boshchiligidagi Xalqaro Ittifoqchilar koalitsiyasi 2014-yil sentabr oyidan boshlab Suriyadagi ID (DAISh) pozitsiyalariga zarba berib kelmoqda. Bu harakatlar BMT Xavfsizlik Kengashi bilan kelishilmagan holda amalga oshirilayotganini ta’kidlash lozim. 2014-yil 30-sentabrdan boshlab, Rossiya davlati Suriya prezidenti Bashar Asad murojaatiga binoan DAISh va “Jabxat an-Nusra” obyektlari bo‘yicha aviazarbalar berishni boshladi.

Eslatib o‘tamiz, 2-dekabrdan boshlab Buyuk Britaniya Harbiy-havo kuchlari ham, mamlakat parlamenti ruxsati bilan, ID (DAISh)ga qarshi harbiy operatsiyada qatnashmoqda. Buyuk Britaniya AQSh boshchiligidagi XIK safida zarbalar bermoqda. 

 

Yangiliklar lentasi
0