TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Rossiyada messenjer dasturlari aloqa operatorlari bilan shartnoma asosida ishlashga o‘tkazilishi va soha nazoratchisi bo‘lgan Roskomnadzorga ma’lumot berishga majbur qilinishi mumkin, RIA Novosti “Vedomosti” gazetasi xabariga asosan. Gazeta Roskomnadzor tomonidan tayyorlangan qonun loyihasi bilan tanishib chiqqan.
Ushbu shartlarga amal qilinmagan hollarda, Roskomnadzor tomonidan messenjerlar aloqa kanali berkitiladi. Qoidabuzarlik sabalari bartaraf etilganidan keyin kanal qayta ochilishi mumkin.
Rossiyada eng ommabop messenjerlar WhatsApp —8 mln., Viber — 7,5 mln., va Skype — 4 mln. foydalanuvchilarga ega.
“Qonun mualliflari “Axborot haqida”gi va “Aloqa haqida”gi qonunlarni “Axborot-kommunikatsiya xizmatlari” va “Uyali aloqa operatorlari tarmoqlarida, uchinchi tomonlar tarafidan ko‘rsatilayotgan, aloqa xizmatlari bilan texnologik jihatdan bevosta bog‘liq bo‘lgan, suratli, ovozli va matnli xabarlar uzatish tizimi” kabi yangi tushunchalar bilan to‘ldirishni taklif qilmoqdalar”, deb xabar berilgan nashrda.
Qonunchilar fikriga ko‘ra, messenjer dasturlari, noqonuniy ravishda, nomaqbul ommaviy xabarlar tarqatishni cheklashi va xabar almashish faqat ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar orasida amalga oshirilishini ta’minlashi kerak.
Biroz oldin Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Sergey Patrushevning so‘zlariga binoan, ba’zi dasturlar tarkibida chet el razvedkalarining ma’lumot yig‘ish vositalari topilganligi haqida xabar bergan edi. Ushanda deputatlar davlat xizmatchilariga ushbu dasturlardan foydalanishni ta’qiqlash tashabbusi bilan chiqqan edilar.
Sputnik axborot agentligi, messenjerlar bilan bog‘liq yana bir necha xabarlar tarqatgan edi. Ular orasida "Zello — ID yollovchilari eng yaxshi ko‘rgan dasturi" va "Rossiya Davlat Dumasi Telegram dasturini ta’qiqlashni so‘ramoqda" kabi yangiliklar.