Iroq qo‘mondonligi: ID rahbari Abu Bakr al-Bog‘dodiy yaralandi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishIShID ekstremist tashkilot bayrog‘i
IShID ekstremist tashkilot bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iroq havo kuchlari yakshanba kuni ID rahbari Abu Bakr al-Bog‘dodiyning kortejiga hujum qildi.

TOShKENT, 12 okt —Sputnik. "Islom davlati" terrorchilar guruhi rahbari, Abu Bakr al-Bog‘dodiy yakshanba kuni uyushtirilgan hujum natijasida yaralandi, RIA Novosti Iroq harbiy kuchlari qo‘mondonligi xabari asosida.

Iroq harbiy havo kuchlari yakshanba kuni, Anbar viloyatida, ID rahbarlari yig‘ilishiga borayotgan, al-Bog‘dodiy kortejiga hujum uyushtirdi. Ushbu hujum natijasida 15 jangari yo‘q qilindi. Reyter agentligi xabar berishiga qaraganda, hujum natijasida qurbon bo‘lganlar orasida al-Bog‘dodiy yo‘q.

“Kortej o‘qqa tutilishi natijasida Abu Bakr al-Bog‘dodiy yaralandi, ikki “dala komandiri” yo‘q qilindi. Ular Abu Kamal shahri moliya rahbari Umar al-Kubeysi va kortej xavfsizligi uchun javobgar Abu Saad al-Karbuli”, — deyilgan iroq harbiylari xabarida.

Qohira davlat universitetida teologiya (dinshunoslik) fanlari doktori Raxmon Abdullayev Sputnik Ozarbayjonga xabar berishiga qaraganda, bunday hujum, terrorchilar safida sodir bo‘lgan parchalanish natijasida yuz berdi.

Avval "ID" razvedka va maxsus xizmatlari aksil terror kuchlarning barcha harakatini bir qadam oldindan bilib borar edi. Hozir esa. sharoit o‘zgargan.

"Rossiya qurolli kuchlari ushbu mojaroga aralashganidan beri "ID" saflarida parchalanish sezilmoqda. Terrorchilar safidan qochish holatlari ko‘plab uchramoqda. Paydo bo‘lgan holatdan foydalanib, Iroq armiyasi al-Bog‘dodiy yaqinlari orasida "kuloq"lar yollashga muvaffaq bo‘lgan", deydi doktor.

Dinshunoslik fanlari doktori Raxmon Abdullayevning so‘zlariga qaraganda shu vaqtgacha Abu Bakr al-Bog‘dodiyning yo‘nalishlari haqida, dunyoning hech bir maxsus xizmati biror ma’lumot olish imkoniga ega bo‘lmagan. Uni judda qattiq qo‘riqlashar edi, chunki al-Bog‘dodiy ID rahbariyatida eng yuqori nufuzli shaxs.

Yangiliklar lentasi
0