TOShKENT, 8 dek – Sputnik. Bugun O‘zbekiston Konstitutsiya qabul qilinganining 23-yilligini nishonlamoqda.
Respublikaning asosiy qonuni 1992-yil 8-dekabrda respublika Oliy Kengashida qabul qilingan edi. Unda davlat va jamiyat rivojlanishining demokratik tamoyillari belgilangan. Respublikada ro‘y berayotgan demokratik o‘zgarishlar davomida Konstitutsiyaga ham o‘zgarishlar kiritilmoqda.
“Bizning Konstitutsiya mustaqil suveren davlat va inson qadriyatlari, huquqi va erkinligi eng oliy qiymatga ega bo‘lgan fuqaro jamiyati tuzishda huquq va qonunchilik asosi bo‘lib qolmoqda”, — dedi O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov, Konstitutsiya 23-yilligiga bag‘ishlangan tantanada so‘zga chiqarkan.
2002 yilda butun xalq referendsmi natijasida Konstitutsiyaga Respublika Oliy Majlisini ikki palatali qilish haqida, 2007-yilda prezident respublika ijroiy hokimiyati rahbarligidan ozod qilindi. Hozirgi vaqtda prezident davlat rahbari va davlat hukumati organlarining o‘zaro muloqotini ta’minlash vazifasini bajarmoqda.
2011 yilda kiritilgan o‘zgarishlarda, Konstitutsiyada siyosiy partiyalar roli kuchaygani va ular faoliyatining huquqiy asoslari kengaytirishi, prezident, qonun chiqaruvchi va ijroiy hukumat orasida vakolatlarnig aniq taqsimlanishi aks etdi.
O‘zbekiston prezidenti qaroriga muvofiq, Konstitutsiya qabul qlingan kun milliy bayram va dam olish kuni deb e’lon qilingan.