TOShKENT, 2 dek — Sputnik. AQSh maxsus kuchlarini Iroqda Suriya hududida maxsus operatsiyalar o‘tkazish uchun joylashtirimoqda, Mudofaa vaziri Eshton Karterning so‘zlariga binoan.
“Biz maxsus kuchlarni ID (DAISh)ga ko‘proq bosim ko‘rsatish uchun joylashtirimoqdamiz” dedi Mudofaa vaziri. Uning so‘zlariga ko‘ra bu ID (DAISh)ning rahbarlarini yo‘q qilish uchun qilinmoqda.
“Ushbu kuchlar, Suriyada maxsus operatsiyalar o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, — dedi Karter. Uning ta’kidlashicha “Barcha operatsiyalar Iroq hukumati ruxsati bilan amalga oshiriladi”.
Oldinroq ma’lum bo‘lishiga ko‘ra NATO Afg‘onistonda harbiylarini saqlab qolishga qaror qilgan. Ular Afg‘onistonning hozirgi rahbariyatiga “qat’iy madad” ko‘rsatishi kerak, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bayonotiga ko‘ra.
Eslatib o‘tamiz hozirgi kunda NATO Afg‘onistonda o‘zining jangovor faoliyatini 2014-yil 28-dekabrda rasman yakunlagan. Ushbu kun Afg‘onistonda 2001-yildan beri davom etib kelgan urushning yakuni deb hisoblanadi.
2015 yil 1-yanvardan boshlab NATO O‘zining Afg‘onistondagi faoliyatini Afg‘oniston xukumatini o‘qitish va unga yordam berish missiyasi, tinchlik operatsiyasi (jangovor emas) deb atamoqda. Uning rasmiy nomi “Qat’iy madad missiyasi” (Resolute Support Mission).
“Biz qabul qilgan uchinchi qaror, bu Afg‘oniston rahbariyati bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish. Afg‘oniston hukumati nazorati ostida biz “Qat’iy madad missiyasi” tugaganidan keyin ham o‘z faoliyatimizni davom ettiramiz”, dedi Stoltenberg jurnalistlarga.
NATO 2016-yilda ham Afg‘onistonda 12 ming harbiylarni saqlab qoladi.