Sho‘rva – o‘zbek milliy taomi

Obuna bo‘lish
Sho‘rva – pishirishda oson, bamaza va to‘yimli o‘zbek taomi

Sho‘rva eng keng tarqalgan o‘zbek taomlaridan biri. Ommaviyligi bo‘yicha palovdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi desak adashmaymiz. Oshdan farqli ravishda, sho‘rva pishirishni o‘rganish juda oson.

Bizning fikrimizga ko‘ra, sho‘rva pishirishning asosiy “sirlari” bu: suyakli go‘sht ishlatish va qozonni uzoq vaqt davomida past olovda qaynatish.

Boshqa ovqatlarga nisbatan sho‘rva nisbatan arzonga tushadi. Chunki uni tayorlash uchun kamroq va arzonroq mahsulotlar talab qilinadi: suyakli go‘sht, piyoz, sabzi va kartoshka yordamida eng oddiy sho‘rva pishirish mumkin. 

Osh - ko‘tarma bosh - Sputnik O‘zbekiston
Osh pishirishning ko‘rgazmali retsepti

Arzon va tayorlashda oson bo‘lishiga qaramasdan, sho‘rva juda bamaza va to‘yimli ovqat. To‘yib sho‘rva yegan odam kun uzun ovqat yemasdan yurishi mumkin.

Yuqoridagi infografikamizda, Sputnik odatiga ko‘ra, sho‘rva pishirishning ko‘rgazmali retseptini  keltiramiz. Siz hali sho‘rva pishirishni bilmasangiz, unga qarab osongina o‘rganib olishingiz mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0