Hodisalar

IDga qoʻshilgan Oʻzbekiston fuqarosi xalqaro qidruvga eʼlon qilindi

INTERPOL binosi
INTERPOL binosi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
35 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi 7 yil avval, terrorchilarga qoʻshilish uchun Suriyaga joʻnab ketgan. U yerdan turib internet orqali Oʻzbekistonda davlat tuzimini toʻntarishga undagan.

TOSHKENT, 13 noya — Sputnik. Oʻzbekistonning Jizzax shahridan Xurshid Muxtorov huquqni saqlash organlari tomonidan xalqaro qidiruvga eʼlon qilingan. U “Islom davlati” terrorchi tashkilotga aʼzo boʻlganlikda ayblanmoqda, 12news.uz xabariga asosan.    

IIV vakili xabariga koʻra, Muxtorovning terrorchilarga aloqadorligiga uning internet orqali qilgan video-murojaati dalil boʻlishi mumkin. Oʻz merojaatlarida Muxtorov “Jihod” qilishga va Oʻzbekiston davlat tuzimini agʻdarishcha chaqirgan.

“Muxtorov, diniy-ekstremistik targʻibot taʼsiriga tushib qolib, Oʻzbekistondan Qozogʻistonga ketgan, u yerdan — Turkiyaga. Turkiyada u olti yil yashagan, 2014 yil yozida u Suriyadagi ID jangarilariga qoʻshilgan”, — deydi suhbatdosh.  

Muxtorovning hatti harakati, Oʻzbekiston jinoyat kodeksining “Konstitutsion tizimini oʻzgartirish”, “chegaradan noqonuniy oʻtish”, “Ommaviy tartibizlikni buzish tashkil qilish” kabi bandlari ostiga tushadi. Ushbu sabab uni xalqaro qidiruvga eʼlon qilishga sabab boʻldi. Jinoyat kodeksining ushbu bandlari 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini nazarda tutadi.

“Islom davlati” terrorchi guruhi bugungi kunda dunyoda eng katta xavflardan biri boʻlib qolmoqda. Uch yil mobaynida terrorchilar Suriya va Iroq hududida katta maydonlarni egallab olishdi. Ularning maqsadi dunyoda islom xalifaligini oʻrnatish.

 

Yangiliklar lentasi
0