Lavrov A321 samolyotiga uyushtirilgan hujumni - Rossiyaga uyushtirilgan hujum dedi

Obuna bo‘lish
Rossiya TIV SErgey Lavrov Moskvada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida, Airbus A321 samolyotida sodir bo‘lgan teraktni Rossiyaga hujum qilish bilan tenglashtirdi.

Shunday eran, Rossiya qo‘l ostida bo‘lgan barcha choralar bilan o‘zini himoya qiladi: siyosiy, harbiy, maxsus xizmatlar yordamida va razvedka yordamida. O‘z-o‘zini himoya qilish huquqi har bir davlatga berilgan, bu BMT nizomining 51 bandida aytilgan, dedi Sergey Lavrov.  

“Sinay yarim oroli ustida sodir bo‘lgan terrorchilik akti – bu Rossiya fuqarolariga qilingan hujum, ya’ni Rossiya davlatiga. Shunday eran, Rossiya qo‘l ostida bo‘lgan barcha choralar yordamida o‘zini himoya qiladi – ham siyosiy, ham arbiy, maxsus xizmatlar va razvedka yordamida”, — dedi Rossiya Tashqi Ishlar vaziri.  

Eslatib o‘tamiz, kecha Rossiya Federal XX Aleksandr Bortnikov A321 samolyoti halokatining sababi — terrorchilik deb e’lon qilgandi.Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham "Ushbu qabihlikni amalga oshirgan terrorchilarni yer sharining har qanday nuqtasidan topamiz va jazolaymiz", — degandi.

Airbus A321 qurbonlari xotirasiga qo‘yilgan gullar - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya A321 halokatini - terrorchilik hujumi deb tan oldi

2015 yilning 31-oktabrida Misr osmonida, Rossiyaning Kogalimavia kompaniyasiga qarashli A321 havo kemasi qo‘lbola bomba yordamida portlatib yuborildi. Uning bortida bo‘lgan 224 kishining barchasi halok bo‘ldi. Bu Rossiya va Sovet ittifoqi tarixida eng yirik aviatsiya halokati bo‘ldi.

 

Yangiliklar lentasi
0