Rossiya A321 halokatini - terrorchilik hujumi deb tan oldi

© Sputnik / Viktor Tolochko / Mediabankka o‘tishAirbus A321 qurbonlari xotirasiga qo‘yilgan gullar
Airbus A321 qurbonlari xotirasiga qo‘yilgan gullar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
FXX ma’lumotiga ko‘ra A321 samoleti, qo‘lbola portlovchi uskuna yordamida portlatilgan.

TOShKENT, 17 noya — Sputnik. A321 samolyoti qo‘lbola bomba yordamida portlatib yuborilgan, RIA Novosti xabariga asosan.

Federal Xavfsizlik xizmati rahbari Bortnikovning xabariga ko‘ra, A321 samolyoti qo‘lbola portlovchi uskuna yordamida portlatib yuborilgan. Portlash kuchi 1 kg  trotil ekvivalentiga teng bo‘lgan.

"Ushbu qabihlikni amalga oshirgan terrorchilarni yer sharining har qanday nuqtasidan topamiz va jazolaymiz", dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. 

"A321 samolyotida Rossiyaliklarni o‘ldirish — eng qonli jinoyatlardan biri", — dedi Putin.

2015 yilning 31-oktabrida sodir bo‘lgan ushbu jinoyat Sovet ittifoqi va Rossiya aviatsiyasi tarixida eng katta talofat deb tan olindi. Sham el-Sheyxdan Sankt-Peterburgga uchayotgan "Kogalimavia" kompaniyasiga tegishli Airbus A321 samolyoti halokati natijasida 224 kishi qurbon bo‘ldi.

 

Yangiliklar lentasi
0