AP: Makkadagi tiqilinch qurbonlari soni 1453 kishini tashkil qilishi mumkin

© Fadi El BinniSaudiya Arabistonidagi Makka shahri
Saudiya Arabistonidagi Makka shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yil Makka yaqinidagi tiqilinchda qurbon bo‘lganlar sonini Assoshieyted Press agentligi hisoblab chiqdi.

TOShKENT, 9 okt – Sputnik. 24-sentabrda Makka yaqinidagi Mina vodiysida ro‘y bergan tiqilinch qurbonlari soni avval e’lon qilinganidan ikki baravarga oshishi mumkin, deb xabar berdi RIA Novosti, AP agentligi xabari asosida.  

Saudiya Arabistoni hukumati qurbon bo‘lganlar soni haqida yangilangan xabarlarni 26-sentabrdan buyon tarqatmagan edi. Ularning oxirgi xabariga ko‘ra tiqilinchda 769 kishi qurbon bo‘lgan va 863 kishi jarohatlangan.Fojea kuni qurbon bo‘lganlar orasida dunyoning yuzdan ziyod mamlakatlari fuqarolari bor.

Assoshieyted Press axborot agentligi 18 mamlakatdan olgan rasmiy ma’lumotlar asosida qurbonlar sonini hisoblab chiqdi. AP hisobiga ko‘ra fojea qurbonlari soni 1453 kishini tashkil qildi. Ular orasida Erondan – 465 kishi, Misrdan — 148 kishi, Indoneziyadan — 120 kishi, Nigeriyadan – 99 va boshqa mamlakat ziyoratchilari bor.

Mina vodiysidagi Fojea sababi aytildi - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistoni hukumati fojea sababini izohladi

Eslatib o‘tamiz, ushbu fojea Mina vodiysida “Shaytonga tosh otish marosimi” o‘tkaziladigan maydonda sodir bo‘lgandi. Unda ziyoratchilarning ikki ulkan oqimi kichik maydonchada to‘qnashib ketishi oqibatida fojeali tiqilinch yuz bergandi. 

Oldin xabar berganimizdek, ushbu fojeada Eron bosh rahbari ayatulla Ali Xomenei Saudiya Arabistoni rahbariyatini qattiq qoralab, “700 dan ziyod odamning umriga zomin bo‘lgan fojeaga Saudiya Arabistoni rahbariyatining befarqligi va noto‘g‘ri hatti-harakati sabab bo‘ldi”, degandi.

 

Yangiliklar lentasi
0