Saudiya Arabistoni hukumati fojea sababini izohladi

Obuna bo‘lish

Saudiya Arabistoni IIB vakili Mansur at-Turki: tiqilinch  sababi ziyoratchilarning ikki oqimi to‘qnashuvi bo‘lishi mumkin.

Saudiya Arabistoni hukumati kecha Makkada sodir bo‘lgan 717 kishining umriga zomin bo‘lgan fojeaning dastlabki sabaini tushintirdi.

“Fojeaning sababi, 204chi va 223 yo‘lakdan ketayotgan ziyoratchilar oqimining to‘qnashib ketishi bo‘lgan”, — dedi u.

Xavfsizlik xizmati xodimlari tezlik bilan yordamga kelishdi va jarohatlanganlarni kasalxonalarga joylashtirishdi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Xalid Falyaxning fikricha, tiqilinch sababi ziyoratchilarning tashkilotchilar tomonidan tuzilgan jadvalga amal qilmaganligi.  

Eslatib o‘tamiz, Qurbon Hayit kuni ertalab Makka yaqinidagi Mina vodiysida, “Shaytonga tosh otish” urfini amalga oshirish vaqtida ikki yo‘lakdan ketayotgan ziyoratchilarning ulkan oqimi bir biri bilan to‘qnashib ketdi. Oqibatda 717 kishi halok bo‘ldi va 863 kishi jarohatlandi.

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhamad ben Nayef al-Saud, fojea sababini aniqlash uchun maxsus komissiya tuzishga farmon berdi.

Yangiliklar lentasi
0