TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov Toshkentga rasmiy tashrif bilan keldi, O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabari asosida.
Toshkent aeroportida davlat rahbarini O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Qisqa suhbatdan keyin Berdimuxamedov Ko‘ksaroy majmuasidagi rezidensiyaga yo‘l oldi.
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlarining asosiy uchrashuvlari 8-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Tomonlar siyosiy, savdo, iqtisodiy, transport, kommunikatsiya va madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi kelishuvlarning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilishadi.
Ushbu muhokamalar yakunida ikki mamlakat iqtisodiy va madaniy aloqalarini yangi darajaga chiqaruvchi hujjatlarga qo‘l qo‘yilishi kutilmoqda. Ushbu shartnomalar O‘zbekiston va Turkmaniston ishchi guruhlari hamkorligida bir nech oy mobaynida tayorlangan.
2014 yilning noyabrida, o‘zining oxirgi tashrifi davomida Turkmaniston prezidenti Berdimuxamedov Toshkentdagi GM Uzbekistan zavodiga tashrif buyurgandi.