TOShKENT, 5 okt – Sputnik. "Islom davlati", "Jabhat an-Nusra" i "Jaysh al-Yarmuq" terrorchi guruhlariga tegishli jangarilarning 3000 nafari, Suriya armiyasi hujumidan qo‘rqib Iordaniyaga qochdi, deb xabar berdi harbiy manbaa RIA Novostiga.
“Uch mingdan ziyod “ID”, “Nusra” va “Jaysh al-Yarmuq” jangarilari Iordaniyaga qochdi. Ular Suriya armiyasining faollashuvidan va Rossiya avia zarbalaridan qo‘rqishadi”, — dedi suhbatdosh.
Uning so‘zlariga qaraganda, yakshanba kuni Suriya armiyasi Damask yaqinidagi Dayr ez-Zor, Xoms va Palmirada o‘rnashib olgan jangarilarga zarba berdi. Dayr ez-Zorda “ID” terrorchilariga zarba berishdan maqsad, dushmanni Rasafa, Rishdiya, um al-Sinaadan uloqtirib tashlash edi. Jang davomida 160 jangari yo‘q qilindi. To‘qnashuvlar vaqtida terrorchilar portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan uch BMPni portlatishdi. Suriya askarlari orasida ham yaralanganlar bor.
Xoms viloyatida Palmirada Sehnya yaqinida terrorchilarning ikki kolonnasi yo‘q qilindi. Terrorchilarning el-Qoratayn yaqinidagi istehkomlariga zarba berildi, 17 jangari yo‘q qilindi.
Suriya havo kuchlari Xomsning Foylak aholi punktda joylashib olgan "Jabhat an-Nusra", "Kataib al-Faruk" va "Ahror ash-Shom" guruhlariga zarba berdi. Manbaaning so‘zlariga qaraganda, Suriyalik v chet ellik terrorchilar orasida boshqaruv huquqi uchun jiddiy kurash bo‘lmoqda. Suriyaliklar yollangan jangarilardan Xule, Rastan va Talbisi aholi punktlarini tashlab ketishni talab qilmoqda.
Suriya harbiy kuchlari Dushanba kuni (bugun) Rastan va Talbisi aholi punktlari ustidan varaqalar tashlandi. Ularda terrorchilarga qurollarini o‘z ixtiyorlari bilan topshirish, tinch aholiga bo‘lsa ushbu joylarni tashlab ketish taklif qilingan, chunki yaqin orada Suriya qo‘shnlarining keng ko‘lamli harbiy operatsiyasi boshlanadi.
Ushbu vaqtda Damask yaqinida Suriya samolyotlari terrorchilar joylashib olgan Duma, Darayaga zarba berdi. Xarastda terrorchilarning shtab-kvartirasi yo‘q qilindi. Ushbu xarakatlar yordamida, Suriya harbiy kuchlari minomot va artilleriya qurollaridan Damaskni o‘qqa tutib turgan terorrchilarni poytaxtdan uzoqroqqa uloqtirib tashlamoqchi.
Shimolda, Aleppo shahri yaqinida, Suriya Harbiy kuchlari bazasi yaqinida “ID” hujumi bartaraf etildi, 15ga yaqin terrorchi yo‘q qilindi.