TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Vladimir Putin 30 sentabr ertalab Federatsiya Kengashiga harbiy kuchlarini Rossiya hududidan tashqarida ishlatishga ruxsat berishni so‘radi. Federatsiya Kengashi ushbu masalasini yopiq eshiklar ortida ko‘rib chiqdi.
Prezident ma’muriyati rahbari Sergey Ivanov jurnalistlarga xabar berishiga qaraganda Federatsiya Kengashi 168 ovoz bilan Rossiya harbiy kuchlarini chet elda ishlatishga ruxsat berdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Suriya Arab respublikasi prezidenti Bashar Asad Rossiya prezidentiga terrorchilikka qarshi kurash uchun harbiy yordam so‘rab murojaat qilgan edi.
“Sizlarga shuni ma’lum qilmoqchimanki, Suriya Arab respublikasi prezidenti Bashar Asad, Rossiya rahbariyatiga harbiy yordam so‘rab rasmiy murojaat qildi. Terorrchilikka qarshi albatta kurashish kerak,birgalashib kurashish kerak, lekin xalqaro huquq qoidalariga ham amal qilgan holda”, — dedi Sergey Ivanov jurnalistlar bilan bo‘lgan muloqotda.
Ivanovning so‘zlariga qaraganda, gap faqat harbiy havo kuchlari haqida ketayapti, quruqlikdagi qo‘shnlar haqida emas.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya faqatgina xalqaro va ichki qonunlarga amal qilgan holda o‘z hududidan tashqarida harbiy kuchlarni ishlatishi mumkin. Ushbu harbiy operatsiya 1989 Afg‘onistondan harbiy qo‘shinlar chiqarilgandan keyin, yangi Rossiya tarixida birinchi jiddiy harbiy operatsiya.