TOShKENT, 16 sen – Sputnik. Tojikistonda Abduhalim Nazarzoda to‘dasini yo‘q qilishga qaratilgan operatsiya tugadi, deb xabar berdi Tojikiston IIV vakili RIA Novostiga.
Ichki ishlar ma’lumotiga qaraganda, jangarilarning ismi sharifi ularning shaxsi aniqlangandan keyin e’lon qilinadi.
“To‘daning oxirgi 8 jangarisi Ramit tog‘ darasida bir soat oldin yo‘q qilindi”, — deb xabar Sputnik muxbiriga suhbatdosh.
4 sentabr kuni Dushanbe va Vaxdatda qurolli bosqinchilik uyushtirildi. Uning oqibatida 9 militsiya xodimi halok bo‘ldi va katta miqdorda qurol yarog‘ o‘g‘irlandi. Huquqni saqlash organlari bu jinoyatda sobiq Mudofaa vaziri o‘rinbosari Abduhalim Nazarzodani ayblashdi.
Hukumat xabariga qaraganda Abduhalim Nazarzoda yuzdan ortiq xodimlarni o‘z tomoniga og‘dirgan va qo‘l ostidagi harbiy qismlardan “uch KamAZ” qurol-yarog‘ bilan Ramit tog‘ darasiga yashiringan. 11 kundan beri davom etayotgan maxsus operatsiya davomida Nazarzodaning 120 dan ziyod tarafdorlari qo‘lga olindi, 30ga yaqini yo‘q qilindi.