TOShKENT, 16 sen – Sputnik. Isonchi general Abduhalim Nazarzodaga qashi bo‘lgan jangda Tojikiston “Alfa” maxsus bo‘linmasi komandiri halok bo‘ldi.
Romit darasining Pokrud nomli joyida 15 sentabr tunda bo‘lib o‘tgan jangda Rustam Amakiyev va uning yordamchisi halok bo‘ldi va yana ikki OMON xodimi og‘ir yaralandi.
Eslatib o‘tamiz 4-sentabr kuni Dushanbe va Vaxdatda qurolli bosqinchilik uyushtirildi. Uning oqibatida 9 militsiya xodimi halok bo‘ldi va katta miqdorda qurol yarog‘ o‘g‘irlandi. Huquqni saqlash organlari bu jinoyatda sobiq Mudofaa vaziri o‘rinbosari Abduhalim Nazarzodani ayblashdi.
Hukumat xabariga qaraganda Abduhalim Nazarzoda yuzdan ortiq xodimlarni o‘z tomoniga og‘dirgan va qo‘l ostidagi harbiy qismlardan “uch KamAZ” qurol-yarog‘ bilan Ramit tog‘ darasiga yashiringan. 11 kundan beri davom etayotgan maxsus operatsiya davomida Nazarzodaning 150 dan ziyod tarafdorlari qo‘lga olindi.