TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Yaralangan zobit o‘sha oqshom voqealarini esga olarkan, yaralaridan qiynalib so‘zlaydi. Uning so‘zlariga qaraganda 4-sentabr oqshom kutilmaganda “jangovor xavotir” signali yangradi. OMON bo‘limiga Vaxdatda qurolli hujum bo‘lganligini xabar qilishdi.
OMON xodimlari yo‘lga chiqishdi, aeroportga burilish yonida militsiya xodimi ularga yo‘lda avtomatlar bilan qurollangan ikki kishi turganligini xabar berdi. OMONchilar o‘z kuchimiz bilan eplaymiz, deb qurollangan odamlar tomon yo‘l oldi. Yaqin masofa qolganda kutilmaganda kuchli otishma boshlandi.
“15 daqika davomida to‘xtovsiz otilgan o‘qlar boshimizga yomg‘irday yog‘ildi. Mashina ichida qolgan odamlarimiz o‘sha zahotiyoq halok bo‘lishdi, mashina shoferi yaralandi, lekin bir amallab mashinani haydab qochishga muvaffaq bo‘ldi. Agar o‘sha yerda qolganida mashina portlashi va tinch aholi ham zara ko‘rishi mumkin edi”, — deb eslaydi Raximov.
Raximovning so‘zlariga qaraganda, bosqinchi guruh yaxshi tayorlangan bo‘lib, ular oldindan tayorlangan reja asosida harakat qilishgan. Zobitning so‘zlariga qaraganda, bino tomida snayper joylashgan, podyezdda esa — pulemet. Hujumchilar tomonidan hech kim zarar ko‘rmagan.
“Bizning komandir Dmitriy Buriyevni qanday qurbon bo‘lgani esimda. Qotilning qiyofasi hamon ko‘z o‘ngimda, men uni hatto tushimda ham ko‘rayapman. Men uni kimligini va qayerdan ekanligini yaxshi bilaman, deydi zobit. Hamkasbim Alisher yiqilganini ko‘rib unga yordamga keldim, shu payt menga snayper o‘q uzdi. O‘q ko‘krak qafasini o‘ng tarafidan kirib chap taraf qo‘ltiq ostidan chiqib ketdi”.
Alisher ham Sayod kabi 25 yoshda edi. U, hozir bosqinchilar yashiringan, Ramitda tug‘ilib o‘sgan.
Ko‘z oldimizda Sayodni ko‘rishga akalari keldi. Ular ko‘z yoshlarini to‘xtatib tura olmas edilar…
Sayod asli Dangaralik, OMONda xizmat qilayotganiga bir necha oy bo‘lgan. Tojikiston Milliy universiteti Yuridik fakultetini bitirgan. Uyda uni uch bolasi va xotini kutib utirishibdi. Uning otasi ham ichki ishlar sohasida ishlagan, militsiya podpolkovnigi, batalon komandiri bo‘lgan.
Bosqinchilarning maqsadi, aeroportga burilish yaqinidagi qurol yarog‘ omboriga yetib borish bo‘lgan. Lekin OMONchilar himoyasi natijasida hujumchi to‘da u yerga yetib bora olmadi.
Shunday bo‘lsa ham, Sayod o‘zini qahramon deb hisoblamaydi.
“Hamma qahramonlar halok bo‘ldi,” – deydi u.
Hozirgi paytda Raximovning ahvoli barqaror, uning davolanishini Tojikiston II vazirining shaxsan o‘zi nazorat qilmoqda.
IIV xabariga ko‘ra, hujumlar natijasida 8 militsiya xodimi va uch jangari halok bo‘lgan.
Hujumga sobiq Mudofaa vaziri o‘rinbosari Abduhalim Nazarzoda boshchilik qilgan. Bo‘lib o‘tgan voqealardan keyin Terrorchilar guruhi Romit tog‘ darasida yashiringan.