TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekistonda, yaqin to‘rt yil ichida bug‘-gaz qurilmalari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish loyhasini amalga oshirish rejalashtirilgan, “O‘zbekenergo” vakili xabariga ko‘ra.
Bug‘-gaz qurilmalari uchun ayrim ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish haqidagi topshiriq Respublika prezidenti tomonidan berildi. Ushbu yo‘nalishda strategik partner sifatida yaponiyaning Mitsubishi kompaniyasi tanlandi.
“Bugungi kunda Navoi, Taxiatash, Tolimarjon va Toshkent elektr stansiyalarida bug‘-gaz qurilmalari qurilmoqda. Shu bilan bir qatorda, zamonaviy uskunalar yordamida elektr quvvatini oshirish bo‘yicha yana bir necha loyhalarni amalga oshirish ustida ishlayapmiz” - dedi kompaniya vakili.
Hozir Mitsubishi kompaniyasi bilan hamkorlikning birinchi bosqichi boshlandi. Yaponiya korxonasi O‘zbekistonga ehtiyot qismlar yetkizib beradi va Navoiy IESda qurilayotgan quvvati 478 Mvtli bug‘-gaz qurilmalasini ishga tushirish borasida maslahat beradi. Ushbu shartnomaning umumiy narxi 20,7 mln dollarni tashkil qildi.
“Yaponiya davlat granti evaziga Navoiy va Toshkentda zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bug‘-gaz qurilmalari uchun ekspluatatsiya va texnik xizmat ko‘rsatish markazi ochish rejasi bor” – dedi suhbatdosh.
Ushbu dastur doirasida Sirdaryo va Namangan IES lari tarkibida quvavati 450 Mvtli, Farg‘ona IESida 57.7 MVtli bug‘-gaz qurilmasi quriladi. Toshkent IES quvvati yana bir necha gaz-turbina qurilmalari yordamida oshiriladi.