Putin Tojikiston voqealarini mamlakatda notinchlik o‘rnatishga urinish deb baholadi

© SputnikRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Putin va Rahmon 15-Sentabrda Dushanbeda o‘tkaziladigan KXShT sammiti doirasida alohida uchrashuv o‘tkazishga kelishib olishdi.

 

TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin shanba kuni Tojikiston rahbari  Emomali Raxmon bilan telefonda so‘zlashdi va Dushanbeda bo‘lib o‘tgan voqealarni mamlakatda notinchlik o‘rnatishga urinish deb baho berdi, deyilgan Kreml saytida.

“Rossiya rahbari respublikada bo‘lib o‘tgan noxush voqealarni mamlakat ichida notinchlik o‘rnatishga qilingan harakat deb baholadi va Tojikiston rahbariga dalda berdi. 15-sentabrda o‘tkazilishi kutilayotgan KXShT sammitidoirasida Putin va Rahmon alohida uchrashuv o‘tkazishag kelishib olishdi”, g‘ deyilgan xabarda.   

Tojikiston IIV Dushanbe va Vaxdatda sodir bo‘lgan hujumlar natijasida Tojikiston Mudofaa vazirligi va IIV xodimlari orasida bir necha qurbonlar va yaralanganlar borligini xabar bergandi. Hukumat xabariga ko‘ra, ushbu tajovuzlar sobiq mudofaa vaziri o‘rinbosari Abduhalim Nazarzoda tomonidan uyushtirilgan. Nazarzoda Tojikiston prezidenti tomonidan juma kuni “jinoyat sodir etganligi” uchun lavozimidan bo‘shatilgan edi.

Tojikiston sobiq vazir o‘rinbosari tomonidan tashkil qilingan terrorchi guruhni yo‘q qilish maxsus operatsiyasi ikki kundan beri davom etayapti. Dushanbe va vaxdatdagi II bo‘limlariga uyushtirilgan qurolli hujumlar natijasida II xodimlaridan 9 kishi qurbon bo‘ldi. Jinoiy guruhning 9 a’zosi militsiya tomonidan qo‘lga olindi va 13 a’zosi yo‘q qilindi.

 

Yangiliklar lentasi
0