Moldova rahbariyati namoyishchilar oldiga chiqmaydi

© Sputnik / Ruslan Shalapuda / Mediabankka o‘tishKishinevdagi norozilik namoyishi
Kishinevdagi norozilik namoyishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namoyishchilar va davlat rahbariyati uchrashuvi faqat rahbariyat hal qilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 7 sen – Sputnik. Moldova bosh vaziri Valeriy Streles namoyishchilar vakillari bilan faqat prezidet Nakolay Timofti bilan maslahatlashgandan keyin uchrashishi mumkinligini ma’lum qildi, Sputnik Moldova xabariga ko‘ra.

Bundan oldin, Kishinev markazida yuzlab namoyishchilar bosh vazir, prezident va parlament spikeri bilan uchrashuvni kutayotganliklarini ma’lum qilishgandi.

“Biz ular bilan, o‘zimiz qaror qilgan joyda uchrashamiz. Ularning fikricha, biz allaqachon iste’foga chiqqan hukumatmiz, shuning uchun biz bunday qilishga haqli. Bizning uchrashuv, faqat prezident bilan maslahatlashganimizdan keyin bo‘lib o‘tadi. Anig‘i shu-ki, uchrashuv maydonda emas, kerak bo‘lgan joyda bo‘lib o‘tadi”, — dedi Streles.    

Eslatib o‘tamiz, Kishinyovda yakshanba kuni norozilik namoyishlari boshlandi. Ushbu namoyishda DA (Demnitate si adevar — Qadr-qimmat va haqiqat) fuqarolar platformasi va “Bizning uy – Moldova” (Qizil blok”) partiya a’zolari va tarafdorlari qatnashmoqda.  

Minglab kishinevliklar hukumat iste’fisini talab qilmoqdalar - Sputnik O‘zbekiston
Kishinevda bir necha o‘n ming kishilik norozilik namoyishi o‘tmoqda
Kishinev markazidagi namoyishchilar bosh vazir, prezident va parlament spikeri bilan uchrashuvni talab qilishgandi. Hozircha ushubu uchrashuv bo‘lib o‘tgan emas. DA  fuqaro platformasi Andrey Nestase ma’lum qilishicha, namoyishchilar vakillari, bosh vazir taklif qilgan Qishloq xo‘jaligi vazirligi binosida uchrashuvni, nomaqbul deb — undan voz kechishgan.

Hozirgi paytda Kishenev markazida yuzlab namoyishchilar, “chodirlar shaharchasi” qurib namoyishni davom ettirishmoqda.  

Yangiliklar lentasi
0