TOShKENT, 6 sen ─ Sputnik. Kishinevda yevrointegratsiya siyosatiga qarshi ko‘p ming kishilik aksiya davom etmoqda. Namoyishchilar, Moldova hukumati binosi oldida chodirlar tikib, to‘xtovsiz namoyish o‘tkazish niyatida, deb xabar berdi Sputnik Moldova.
Kishinyovda yakshanba kuni norozilik namoyishlari boshlandi. Ushbu namoyishda DA (Demnitate si adevar — Qadr-qimmat va haqiqat) fuqarolar platformasi va “Bizning uy – Moldova” (Qizil blok”) partiya a’zolari va tarafdorlari qatnashmoqda.
Namoyishda DA qatnashchilari tomonidan qabul qilingan rezolyutsiya shartlariga ko‘ra, hozirgi hukumat 2016-yil mart oyigacha muddatidan oldin parlament saylovi tashkil qilib, erkin saylov o‘tkazish uchun, barcha taraflarga teng sharoit yaratishi kerak. Talablar orasida prezidentni iste’foga chiqishi va mamlakat rahbarini erkin saylov asosida tanlash shartlari ham bor.
Namoyishchilar respublika prokuratura va sud tizimini ham tanqid qilib, mamlakat iqtisodining tashvishli holatda ekanligini va budjet mablag‘lari hukumat tomonidan nomaqbul sarflanayotganini aytishmoqda.
IIV Oleg Balanning so‘zlariga qaraganda, Kishinevdagi norozilik namoyishida 40 ming odam qatnashgan. Namoyish tashkilotchilari aytishiga qaraganda, respublika ko‘plab tumanlaridan 100 mingga yaqin odam kelgan.
Namoyish a’zolari mamlakat prezidenti va bosh vaziri bilan uchrashuv talab qilishmoqda. Namoyishchilarning bosh vazir bilan yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvida, ular vazirga namoyishni muddatsiz ravishda cho‘zish nayatida ekanliklarini aytishdi.
Namoyishchilar, ig‘vogarlik xavfidan qo‘rqib, bosh vazir bilan ikkinchi uchrashuvdan bosh tortishdi.
Davlat agrar siyosatidan norozi bo‘lgan, bir qator fermer tashkilotlari a’zolari ham Kishinevdagi norozilik namoyishchilariga qo‘shilganliklarini e’lon qildilar.
Shu yilning may va iyun oylarida DA harakati Kishinevning markazida bir qator namoyishlar o‘tkazdi. O‘shanda ular korrupsiyaga qarshi kurash va hukumat iste’fosini talab qilgan edilar. Ziddiyatchilarning ajralib turdigan tomoni shunda-ki, ular orasida ma’lum yo‘lboshchi yo‘q. Ularning fikricha, hukumat olgarxlarga xizmat qilmoqda va yevrointegratsiyaga jarayoniga taqlid qilmoqdalar.