TOShKENT, 4 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Pekinda Ikkinchi jahon urushi yakunining 70-yiligiga bag‘ishlangan tashrifi doirasida Xitoy bosh vaziri Li Ketsan bilan uchrashdi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.
Tomonlar savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik qilish haqida kelishib olishdi.
O‘zbekiston prezidenti va XXR bosh vaziri bilan oldin erishilgan shartnomalarni amalga oshirish muammolari haqida ham muzokaralar o‘tkazishdi.
TIV saytida O‘zbekiston prezidenti Xitoydagi muzokaralar samarali bo‘lganligini aytib o‘tilgan.
Oldinroq Islom Karimov Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashib, bir qator O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma sarmoyaviy loyhalarini, xususan O‘rta Osiyo — Xitoy gaz quvuri va Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l loyhasini muhokama qilishgan edi.