TOShKENT, 3 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov XXR raisi Si Szinpin bilan uchrashdi, deb xabar berdi "Jahon" axborot agentligi.
Davlatlar rahbarlari o‘zaro munosobatlarni va ularni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdi. Muzokaralar chog‘ida tomonlar rivojlantirishning iqtisodiy tomonlariga alohida e’tibor berishdi.
Xitoyda bir necha O‘zbekiton — Xitoy sarmoyaviy loyhalari amalga oshirilmoqda. Xususan O‘rta Osiyo — Xitoy gaz quvuri va Angren — Pop eletrlashtirilgan temir yo‘li. Ikki mamlakatning iqtisodiy aloqalari shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Oxirgi olti yil mobaynida mamlakatlar orasida mol almashinuvi 3 baravar oshdi.
Islom Karimov Xitoyni Ikkinchi jahon urushi yakuni bilan tabrikladi va Xitoy ushbu g‘alabaga katta hissa qo‘shganligini aytib o‘tdi.
"O‘z hayoti, ulkan qurbolnliklar bahosi bilan bosqinchilarga qarshi kurashib Ikkinchi jahon urushini yakunlashka katta hissa qo‘shganlar oldida biz tiz cho‘kamiz”, — dedi prezident.
Respublika rahbari, urushda erishilgan g‘alaba bugun biz ko‘rib turgan Xitoyning oyoqqa turib olishiga asos bo‘lganini aytdi. Karimovning so‘zlariga javoban XXR rahbari prezidentni yaqinda bo‘lib o‘tgan 1-sentabr — O‘zbekiston Mustaqiligi kuni bilan tabrikladi va O‘zbekiston Xitoyning fashizmga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlaganini aytdi.
“Biz buni hech qachon unutmaymiz va bugungi o‘zaro hamkoriligimiznii yuqori baholaymiz”, — dedi Si Szinpin.
Undan tashqari tomonlar bir qator keskin xalqaro muammolarni muhokama qilishdi va kelajakda O‘zbekiston — Xitoy hamkorligini yanada rivojlantirish borasidagi keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha fikr almashdilar.
O‘zbekiston delegatsiyasini “Shoudu” aeroportida kutib olishdi va davlat rahbarini "Daoyuytay" rezidensiyasiga kuzatib qo‘yishdi.
O‘zbekiston prezidentining Xitoyga oxirgi davlat tashrifi 2014-yilning avgustida bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda narxi 5,2 milliard dollardan ortiq 20ta loyha va 800 million dollarlik savdo shartnomlariga qo‘l qo‘yilgan edi. Undan tashqari Si Szinpin va Islom Karimov Ufada bo‘lib o‘tgan ShHT rahbarlari kengashi doirasida ham uchrashishgan edi.