O‘zbekistonda huquqbuzarlik haqida xabar bermaganlik uchun jarima belgilanmoqda

© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa respubliki UzbekistanZasedanie Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa
Zasedanie Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2026
Obuna bo‘lish
Huquqbuzarlik haqida vakolatli organlarga xabar bermagan mansabdor shaxslar va mas’ul xodimlar jarimaga tortilishi mumkin.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekistonda huquqbuzarlik holatlari haqida vakolatli organlarga xabar bermaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi mumkin. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida tegishli qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Hujjat huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
Ta’kidlanishicha, 2025-yilda 536 ta erta tug‘ruq holati “e-material” axborot tizimida ro‘yxatga olinmagan va ular yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmagan.
Qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksni yangi 188⁵-modda bilan to‘ldirish taklif etilmoqda.
Unga ko‘ra, huquqbuzarliklar haqida xabar berish majburiyati yuklatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslari hamda xodimlari ichki ishlar organlari va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga xabar berish talablarini buzganlik uchun jarimaga tortilishi mumkin.
Predsedatel Komiteta Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa po voprosam innovatsionnogo razvitiya i informatsionnix texnologiy Ilxom Abdullayev vistupil na III rossiysko-uzbekskom mediaforume, startovavshem segodnya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2026
III Rossiya-O‘zbekiston mediaforumi
Mansabdor elektron tizim ortida o‘zini arizachidan daxlsiz his qilmasligi kerak — deputat
Yangiliklar lentasi
0