https://oz.sputniknews.uz/20261124/bank-omonatlar-stavka-62257461.html
O‘zbekistonda bank omonatlari bo‘yicha foiz stavkalari pasaymoqda — sababi nimada?
O‘zbekistonda bank omonatlari bo‘yicha foiz stavkalari pasaymoqda — sababi nimada?
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda milliy valyutadagi bank omonatlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 17,1 foizgacha pasaydi. Biroq inflyatsiyaning barqarorlashuvi hisobiga omonatlarning real daromadliligi oshmoqda. Kelgusida stavkalar yana pasayishi mumkin.
2026-11-24T13:21+0500
2026-11-24T13:21+0500
2026-11-24T13:21+0500
markaziy bank
bank
jamiyat
pul
inflyatsiya
inflyatsion kutilmalar
valyuta
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/04/21226075_0:104:2000:1229_1920x0_80_0_0_88573769746158ecc5db178eca03f0c6.jpg
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekistonda bank omonatlari bo‘yicha foiz stavkalarining pasayishi davom etmoqda.Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, oktabr oyida milliy valyutadagi muddatli depozitlar bo‘yicha o‘rtacha nominal foiz stavkasi 17,1 foizni tashkil etdi.Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,9 foiz bandiga kamdir.Markaziy bankning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda aholining milliy valyutadagi muddatli omonatlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari quyidagicha o‘zgargan:Foiz stavkalari pasaysa-da, omonatlarning real daromadliligi oshmoqdaMarkaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, iqtisodiyotda inflyatsion jarayonlarning barqarorlashuvi hisobiga omonatlar bo‘yicha real foiz stavkalari nisbatan yuqori darajada saqlanib qolmoqda.Yuridik shaxslarda esa mazkur ko‘rsatkich 6,6 foizni tashkil etib, bir yilda 1,2 foiz bandiga o‘sgan.Real foiz stavkasi omonatdan olinadigan daromadning inflyatsiya ta’siri hisobga olingan holdagi ko‘rsatkichidir.Chet el valyutasidagi muddatli depozitlar bo‘yicha o‘rtacha nominal foiz stavkasi esa 4,9 foizni tashkil etib, yillik hisobda 0,2 foiz bandiga pasaygan.Markaziy bank raisining o‘rinbosari Nodirbek Achilov 4-noyabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida kelgusi 3–4 yilda kreditlar va depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari bosqichma-bosqich pasayishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20260916/asosiy-stavka-cbu-60478764.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/04/21226075_0:93:1654:1333_1920x0_80_0_0_c56a01a37d12febffa30d82d1f03dd6c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
markaziy bank, bank, jamiyat, pul, inflyatsiya, inflyatsion kutilmalar, valyuta, o‘zbekiston
markaziy bank, bank, jamiyat, pul, inflyatsiya, inflyatsion kutilmalar, valyuta, o‘zbekiston
O‘zbekistonda bank omonatlari bo‘yicha foiz stavkalari pasaymoqda — sababi nimada?
O‘zbekistonda bank omonatlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi bir yilda 19 foizdan 17,1 foizgacha pasaydi, ammo real daromadlilik oshdi.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekistonda bank omonatlari bo‘yicha foiz stavkalarining pasayishi davom etmoqda.
Markaziy bank ma’lumotlariga
ko‘ra, oktabr oyida milliy valyutadagi muddatli depozitlar bo‘yicha o‘rtacha nominal foiz stavkasi 17,1 foizni tashkil etdi.
Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,9 foiz bandiga kamdir.
Markaziy bankning
statistik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda aholining milliy valyutadagi muddatli omonatlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari quyidagicha o‘zgargan:
2023 yil dekabr — 21,2 foiz;
2024 yil dekabr — 22,1 foiz;
2025 yil dekabr — 20,6 foiz;
2026 yil sentabr — 18,4 foiz.
Foiz stavkalari pasaysa-da, omonatlarning real daromadliligi oshmoqda
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, iqtisodiyotda inflyatsion jarayonlarning barqarorlashuvi hisobiga omonatlar bo‘yicha real foiz stavkalari nisbatan yuqori darajada saqlanib qolmoqda.
Xususan, oktabr oyida jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi bank depozitlari bo‘yicha real foiz stavkasi 8,5 foizni tashkil etib, yillik hisobda 0,3 foiz bandiga oshgan.
Yuridik shaxslarda esa mazkur ko‘rsatkich 6,6 foizni tashkil etib, bir yilda 1,2 foiz bandiga o‘sgan.
Real foiz stavkasi omonatdan olinadigan daromadning inflyatsiya ta’siri hisobga olingan holdagi ko‘rsatkichidir.
Chet el valyutasidagi muddatli depozitlar bo‘yicha o‘rtacha nominal foiz stavkasi esa 4,9 foizni tashkil etib, yillik hisobda 0,2 foiz bandiga pasaygan.
Markaziy bank raisining o‘rinbosari Nodirbek Achilov 4-noyabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida kelgusi 3–4 yilda kreditlar va depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari bosqichma-bosqich pasayishi mumkinligini
ma’lum qilgan edi.