https://oz.sputniknews.uz/20261110/russia-prezident-platforma-uzbekistan-hamkorlik-61891649.html
Betin: Rossiya prezident platformasi O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor
Betin: Rossiya prezident platformasi O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning "Rossiya — imkoniyatlar mamlakati" prezident platformasi O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi. Andrey Betin Toshkentda memorandum imzolash rejasi, kadrlar tayyorlash va qo‘shma loyihalar haqida gapirdi.
2026-11-10T11:50+0500
2026-11-10T11:50+0500
2026-11-10T12:12+0500
iii rossiya-o‘zbekiston mediaforumi
yoshlar
hamkorlik
forum
o‘zbekiston
ta’lim
sun’iy intellekt
bloger
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/0a/61890996_324:131:2730:1485_1920x0_80_0_0_752a0dc26907b569aacd8130b7e995e0.jpg
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Rossiyaning "Rossiya — imkoniyatlar mamlakati" prezident platformasi O‘zbekiston bilan iqtidorli yoshlar va boshqaruvchilarni tayyorlash sohasida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor. Bu haqda platformaning bosh direktori Andrey Betin III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Betin O‘zbekistonda tajribali boshqaruvchilar ko‘pligini ta’kidlab, ikki mamlakat bu sohadagi ilg‘or tajribalarni o‘zaro o‘rganishi mumkinligini aytdi. Hamkorlik doirasida memorandum imzolash ham rejalashtirilgan. Betin "Rossiya — imkoniyatlar mamlakati" prezident platformasi faoliyati va uning asosiy loyihalari haqida ma’lumot berdi.Betinning aytishicha, so‘nggi sakkiz yarim yilda platforma loyihalarida 26 milliondan ortiq kishi ishtirok etgan. Shu davrda turli sohalarni qamrab olgan 60 ta loyiha ishga tushirilgan.Jumladan, "Rossiya yetakchilari" tanlovi orqali boshqaruv kadrlari saralanadi. Besh mavsum davomida unda bir milliondan ortiq kishi qatnashgan. Tanlovning 700 nafarga yaqin g‘olibi va bitiruvchisi yuqori lavozimlarga tayinlangan.Platforma tarkibidagi "Senej" boshqaruv ustaxonasida davlat xizmatchilari va boshqa mutaxassislar uchun amaliy ta’lim dasturlari o‘tkaziladi.Betin Rossiyada qo‘llanilayotgan boshqaruvchilarni saralash va tayyorlash metodikalari boshqa mamlakatlarga ham taqdim etilayotganini ta’kidladi. Bunday dasturlar Ozarbayjon, Abxaziya va Janubiy Osetiyada ham amalga oshirilmoqda.Sun’iy intellekt va media ta’limiBetin sun’iy intellekt, raqamli platformalar va robotlashtirish mehnat bozori hamda boshqaruv tizimlarini sezilarli o‘zgartirayotganiga e’tibor qaratdi.Shuningdek, Rossiyada media sohasi uchun "TopBlog", "Raqamli yuksalish" kabi loyihalar amalga oshirilmoqda. Ular doirasida blogerlar tayyorlanadi, sun’iy intellekt yordamida kontent yaratish va yolg‘on axborotni aniqlash bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.Jumladan, "TopBlog" loyihasi olti yilda 350 mingdan ortiq ishtirokchini birlashtirgan.O‘zbekiston bilan qo‘shma platforma tashabbusiEslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2026-yil iyunida Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya bilan inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma onlayn-platforma yaratishni taklif etgan edi.Ushbu tashabbus ta’lim, kasbiy tayyorgarlik va mehnat bozorini o‘zaro bog‘lashni nazarda tutadi. Ma’lumot uchun, Andrey Betin 1980-yilda Toshkentda tug‘ilgan. U O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan, keyinchalik Rossiyada davlat boshqaruvi sohasida faoliyat yuritgan.
https://oz.sputniknews.uz/20261109/islom-tsivilizatsiya-russia-markaz-dastur-61870043.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/0a/61890996_329:123:2730:1924_1920x0_80_0_0_6997c9aab9e652f0bebea0a9dec2e7fc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yoshlar, hamkorlik, forum, o‘zbekiston, ta’lim, sun’iy intellekt, bloger, jamiyat
yoshlar, hamkorlik, forum, o‘zbekiston, ta’lim, sun’iy intellekt, bloger, jamiyat
Betin: Rossiya prezident platformasi O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor
11:50 10.11.2026 (yangilandi: 12:12 10.11.2026) Andrey Betin O‘zbekiston bilan tajriba almashish, iqtidorli yoshlar va boshqaruvchilarni tayyorlash sohasida hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Rossiyaning "Rossiya — imkoniyatlar mamlakati" prezident platformasi O‘zbekiston bilan iqtidorli yoshlar va boshqaruvchilarni tayyorlash sohasida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor. Bu haqda platformaning bosh direktori Andrey Betin III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Betin O‘zbekistonda tajribali boshqaruvchilar ko‘pligini ta’kidlab, ikki mamlakat bu sohadagi ilg‘or tajribalarni o‘zaro o‘rganishi mumkinligini aytdi. Hamkorlik doirasida memorandum imzolash ham rejalashtirilgan.
Betin "Rossiya — imkoniyatlar mamlakati" prezident platformasi faoliyati va uning asosiy loyihalari haqida ma’lumot berdi.
2018 yilda tashkil etilgan platforma iqtidorli yoshlar, mutaxassislar va boshqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.
Betinning aytishicha, so‘nggi sakkiz yarim yilda platforma loyihalarida 26 milliondan ortiq kishi ishtirok etgan. Shu davrda turli sohalarni qamrab olgan 60 ta loyiha ishga tushirilgan.
Jumladan, "Rossiya yetakchilari" tanlovi orqali boshqaruv kadrlari saralanadi. Besh mavsum davomida unda bir milliondan ortiq kishi qatnashgan. Tanlovning 700 nafarga yaqin g‘olibi va bitiruvchisi yuqori lavozimlarga tayinlangan.
Platforma tarkibidagi "Senej" boshqaruv ustaxonasida davlat xizmatchilari va boshqa mutaxassislar uchun amaliy ta’lim dasturlari o‘tkaziladi.
Betin Rossiyada qo‘llanilayotgan boshqaruvchilarni saralash va tayyorlash metodikalari boshqa mamlakatlarga ham taqdim etilayotganini ta’kidladi. Bunday dasturlar Ozarbayjon, Abxaziya va Janubiy Osetiyada ham amalga oshirilmoqda.
Sun’iy intellekt va media ta’limi
Betin sun’iy intellekt, raqamli platformalar va robotlashtirish mehnat bozori hamda boshqaruv tizimlarini sezilarli o‘zgartirayotganiga e’tibor qaratdi.
Uning fikricha, zamonaviy mutaxassislar yangi texnologiyalarga tez moslashish va doimiy o‘rganish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Shuningdek, Rossiyada media sohasi uchun "TopBlog", "Raqamli yuksalish" kabi loyihalar amalga oshirilmoqda. Ular doirasida blogerlar tayyorlanadi, sun’iy intellekt yordamida kontent yaratish va yolg‘on axborotni aniqlash bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.
Jumladan, "TopBlog" loyihasi olti yilda 350 mingdan ortiq ishtirokchini birlashtirgan.
O‘zbekiston bilan qo‘shma platforma tashabbusi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2026-yil iyunida Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya bilan inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma onlayn-platforma yaratishni taklif etgan edi.
Ushbu tashabbus ta’lim, kasbiy tayyorgarlik va mehnat bozorini o‘zaro bog‘lashni nazarda tutadi.
Platformada til va AT kurslari, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari hamda ish beruvchilar bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatlari birlashtirilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Andrey Betin 1980-yilda Toshkentda tug‘ilgan. U O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan, keyinchalik Rossiyada davlat boshqaruvi sohasida faoliyat yuritgan.